Xiaomi 13 Ultra zaryadlanish tezligi ma'lum bo'ldi!

Xiaomi 13 Ultra zaryadlanish tezligi ma'lum bo'ldi!

Xiaomi kompaniyasi o'zining navbatdagi Ultra smartfoni, katta ehtimol bilan Xiaomi 13 Ultra modelini global bozorga chiqarishga tayyorlanmoqda. Garchi smartfon haqida hali rasmiy ma'lumotlar paydo bo'lmagan bo'lsa ham, biz uning mavjud va 2304FPN6DC model raqamida ekanligini bilamiz. Yaqinda esa xuddi shunday model raqamli Xiaomi qurilmasi Xitoyda 3C sertfikatini qabul qildi.

Ma'lum bo'lishicha, Xiaomi 13 Ultra 5G smartfoni MDY-14-EC quvvatlash adapteri bilan birga sertifikatlangan. Bu qurilmaga 90 Vt tezlikda zaryad olish imkonini beradi.

Xiaomi 13 Ultra texnik xususiyatlar borasida "maxluq" bo'lishi aniq. Katta ehtimol bilan qurilma Snapdragon 8 Gen 2, balki uning "+" versiyasi bilan jihozlanadi. Mish-mishlarga ko'ra, smartfon 1440p rezolyutsiyadagi displey, Sony'ning 1 dyuymli sensori bilan to'rtta kamera, hamda, gimbal stabilizatoriga ega bo'ladi.

Afsuski, smartfonning qachon taqdim qilinishi hozircha noma'lum, lekin u o'z sertfikatini olgan ekan uning taqdimoti yaqinlashib kelayotgan bo'lishi mumkin.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!