Xiaomi 13'ning yangi jonli surati uning orqa kamera dizaynini oshkor qildi

Xiaomi 13'ning yangi jonli surati uning orqa kamera dizaynini oshkor qildi

Internetda bo'lajak Xiaomi 13 smartfonining orqa tomoni ko'rsatilgan jonli surat paydo bo'ldi va u avval mish-mish qilingan xabarlarni, ya'ni Xiaomi'ning yangi avlod smartfoni yangicha kamera dizayniga ega bo'lishini tasdiqladi.

Ko'rib turganingizdek, smartfon uchta orqa kamera ega. Shuningdek, kamera blokiga Laser yozuvi ham tushirilgan bo'lib, bu katta ehtimol bilan avtofokus yordamichisi uchun atalgan bo'lishi mumkin. Qolaversa, kamera orolining sezilarli darajada katta, yoxud qurilma orqa tomonining yarmidan ko'pini egallaganligi e'tiborni tortmasdan qolmaydi. Unga qarab aytish mumkinki, kompaniya yangi smartfon uchun yanada kattaroq kamera sensorlaridan foydalanayotganga ko'rinadi.

Yaqinda smartfonning Pro modeli ishlab turgan holatdagi jonli suratlari tarqatilgan va u qurilma qanday texnik xususiyatlarga ega ekanligini oshkor qilgan edi.

O'QING: Xiaomi 13 Pro jonli suratlarda tarqatib yuborildi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!