Xiaomi 14 emas: yangi avlod Xiaomi smartfonlari nomi o'zgartirilmaydi!

Xiaomi 14 emas: yangi avlod Xiaomi smartfonlari nomi o'zgartirilmaydi!

Bugun Internetda Xiaomi kompaniyasi tez kunda taqdim qilishi kutilayotgan flagman smartfonlarini "Xiaomi 13" o'rniga "Xiaomi 14" deb nomlashi haqidagi xabarlar tarqalgan edi. Biroq, kompaniya rasmiylaridan biri ushbu mish-mishlarni rad qildi.

"Hozircha mahsulot modeli nomini o'zgartirish rejamiz yo'q va Xiaomi Mi 13 seriyasi odatdagidek chiqariladi," - deydi Xiaomi PR menejeri Vang Hua.

Yangi avlod Xiaomi smartfonlari yaqin kunlarda namoyish qilinishi kutilmoqda.

O'QING: Xiaomi smartfonlari uchun Android 13 – MIUI 14 rasman e’lon qilindi!