Xiaomi 13 "atmen": yangi avlod Xiaomi flagman smartfoni boshqacha nomlanadi

Xiaomi 13

Xiaomi tez orada o'zining yangi avlod flagman smartfonlarini taqdim qiladi. Katta ehtimol bilan yangi smartfonlar seriyasi "Xiaomi 13" deb nomlanishi kutilayotgan edi, biroq so'nggi mish-mishlarga qaraganda kompaniya "13" raqamini tashlab ketadi va to'g'ridan-to'g'ri 12 dan 14 ga o'tadi.

Xitoyning Weibo ijtimoiy tarmog'ida "Xiaomi 14" deb nomlangan Xiaomi smartfoni qutisining jonli surati paydo bo'ldi. Aytish mumkinki, Xiaomi 14 qutisi ustida qizil brend belgisi ham bor va bu Leica logotipi hisoblanadi. Shuningdek, Internetda tarqatib yuborilgan yana bir skrinshot yangi Xiaomi smartfoni 14 raqami bilan nomlanishini tasdiqlaydi. Skrishotdan ko'rish mumkinki, 2211133C model raqamli Xiaomi 14 smartfoni Qualcomm yaqinda taqdim qilgan 3.2 gigagertsli Snapdragon 8 Gen 2 bilan 12 GB operativ xotirada Android 13'ga asoslangan MIUI 14'da ishlaydi.

Kompaniya nima uchun 13 raqamini o'tkazib yuborayotgani haqida ma'lumotlar mavjud emas. Biroq, internet aholisi bunga 13 raqamining "omadsiz" yoxud "la'natlangan" deb hisoblanishi sabab bo'lganiga ishonishadi. Shuningdek, 14 raqami smartfoni nomi uning operatsion tizimi – MIUI 14'ga mos bo'lishi uchun ham tanlanganligi aytilmoqda. Ayrimlar esa (ehtimol xazilomus tarzda, lekin kim biladi deysiz?) Xiaomi 14 smartfonlari bo'lajak iPhone 14 smartfonlari bilan tengma-teng raqobatchi bo'lishi uchun shunday nomlanganligini tahmin qilishmoqda.

O'QING: Eng ingichka ramkali smartfon: Realme 10 Pro taqdim qilindi