Xiaomi 15 sentyabrda taqdimot namoyishi o‘tkazadi

Xiaomi 15 sentyabrda taqdimot namoyishi o‘tkazadi

Xiaomi 15 sentyabrda katta taqdimot namoyishini o‘tkazmoqchi. Marosimda qaysi qurilmalar namoyish etilishi haqida hech qanday ma’lumot yo‘q. Biroq ushbu taqdimot uzoq vaqt davom etishi kutilmoqda.

O‘QING: Xiaomi yana ikkita yangi flagman smartfonni taqdim etmoqchi

Taqdimot YouTube, Twitter va Facebook platformlarida jonli efirda namoyish etiladi.

Hozircha Mi Mix 4 hamda Mi Pad 5 plansheti ushbu taqdimotda tanishtirilishi aniq. Biroq yana bir nechta qurilma ham ushbu marosimda taqdim etilishi kutilmoqda. Mish-mishlarga ko‘ra, taqdimotda Mi 11T seriyasi ham tanishtiriladi. Ammo bunday bo‘lmasligi ham mumkin. Chunki o‘tgan yili Mi 10T modellari 30 sentyabr sanasida taqdim qilingan edi.

Shuningdek, Redmi India Twitter akkauntida Redmi 10 smartfonining yangi talqini ushbu namoyishda taqdim qilinishi aytildi. Albatta, tadbirning tizer tasviri juda noaniq, shuning uchun buklamafondan tortib, smart televizorgacha bo‘lgan har qanday qurilma taqdim etilishi mumkin. Marosim 70 daqiqa davom etadi, ya’ni unda ikkitadan ortiq qurilma namoyish etilishi haqiqtga yaqin.

O‘QING: Xiaomi yangilangan Mi 11 Lite'larni tayyorlamoqda, ulardan biri ekranosti kamerasiga ega

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!