Xiaomi 200MP kameraga ega bo‘lgan smartfon taqdim etishi mumkin

Xiaomi 200MP kameraga ega bo‘lgan smartfon taqdim etishi mumkin

Motorola 200 megapikselli smartfon ustida ishlayotgan yagona kompaniya emas. Digital Chat Station ma’lumotlariga ko‘ra, 200MP asosiy kamera, Snapdragon 8+ Gen1 chipi, 120 gertsli displey va 5,000 mAs sig‘imli akkumulyator bilan jihozlanadigan smartfon boshqa bir kompaniya tomonidan taqdim etilishi kutilmoqda. 

Insayder bu qaysi kompaniya bo‘lishi haqida ma’lumot bermagan bo‘lmasa-da, bu Xiaomi, aniqroq qilib aytganda, Redmi K50S Pro deb taxmin qilinmoqda. Shuningdek, yuqoridagi texnik ko‘rsatkichlar Xiaomi 12T Pro modeliga tegishli bo‘lishi ham mumkin. Aslida Xiaomi 12T Pro va Redmi K50S Pro modellari bitta smartfon. Ular turli mintaqalar uchun turli nom ostida sotuvga chiqadi. 

Smartfonga o‘rnatiladigan sensor yoki ISOCELL HP1 yoki ISOCELL HP3 bo‘lishi mumkin. Ikkala sensorning rezolyutsiyasi 200 megapikselni tashkil qiladi. Farqlar esa farq optik format va piksel kattaligida uchraydi. 

Motorola yaqinda ISOCELL HP1 sensorida olingan suratlarni taqdim etdi. Sensor avtomatik ravishda 50 megapikselli tasvirlarni suratga oladi. Hozircha Xiaomi qaysi sensorni tanlashi noma’lum. Agar smartfon Snapdragon 8+ Gen1 chipi bilan jihozlanishini hisobga olsak, katta ehtimol bilan qurilmaga HP1 sensori o‘rnatiladi. 

O‘QING: Dunyo bo‘ylab eng ko‘p yuklab olingan ilovalar 

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!