Xiaomi 23 dollarlik “aqlli router”ni sotuvga chiqaradi

Xiaomi 23 dollarlik “aqlli router”ni sotuvga chiqaradi

Mi Router 3 – yangi talqindagi aqlli routerida 4 ta signal uzatish antennasi mavjud. Qurilma korpusi yupqa va ixcham uslubdagi ko‘rinishga ega.

Uning tezkor faoliyatini ta’minlaydigan 4 ta antenna routerning innovatsion jihati deya qayd etilmoqda. Mazkur antennalar routerga kengroq hududni sifatli ma’lumot almashish signallari bilan qamrab olish imkonini beradi. Router MT7620A tezkor protsessori, 128 MB DDR2 tezkor xotirasi bilan ta’minlangan.

Mi Router 3 routeri 802.11ac – 2.4 va 5 GGs chastota diapazonida ishlaydigan simsiz Wi-Fi aloqa tarmog‘ida faoliyat ko‘rsatadi.

Uning yordamida 2.4G WiFi2X2 simsiz tarmog‘ining 802.11N standartida ulanish sekundiga 300 megabit hamda 5G WiFi2X2 tarmog‘ining 802.11AC aloqa standartida esa sekundiga 867 megabit hajmdagi ma’lumotni almashish mumkin.

Routerga bir vaqtning o‘zida 126 ta elektron qurilma ulanishi mumkin. Qurilma xakerlik hujumlaridan, xavfsizlikni ta’minlash, zararli fayllar xurujidan himoyalanish tizimlariga ega. Hozircha qurilmaga foydalanuvchi nechta port ulay olishi ma’lum qilinmagan.

Mi Router 3 128 MB ichki xotiraga ega bo‘lib, unga plagin va ilovalarni o‘rnatish, uni ilovalar yordamida boshqarish mumkin.

Xiaomi’ning yangi talqindagi routeri 6 apreldan 23 AQSh dollaridan savdoga chiqariladi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!