Xiaomi 7 dollarlik yangi gadjetini ham «sun’iy ong» bilan ta’minladi!

  •   DiMaX
  •  877
  •  26.10.2018 12:36

Xiaomi 7 dollarlik yangi gadjetini ham «sun’iy ong» bilan ta’minladi!

Kuni kecha «Xitoycha Apple» bir qator yangicha texnologiya yutuqlari bilan qurollangan Mi Mix 3 smartfonini namoyish qilgandi. Ushbu flagman hamda hali taqdim etilmagan Xiaomi LEX modeli «sun’iy ong»li Xiao Ai yordamchisi uchun maxsus tugmacha bilan ta’minlangan.

O‘QING: Nihoyat, ilk 5G-smartfon – Xiaomi Mi Mix 3 taqdim qilindi: atigi 475 dollardan boshlanuvchi, rekord «operativka»li flagman!

Kompaniya yangi flagmanidan keyinoq yana bitta devaysi – Xiao Ai bilan ta’minlangan Xiaomi XiaoAi Bluetooth speaker portativ kolonkasini namoyish qildi. Yangi qurilma ixcham o‘lchami, yengil vazni (atigi 52 gramm) hamda hamyonbop narxi bilan e’tiborga loyiq.

Kolonka korpusi oq rangli, tirnalishlarga chidamli ABS-plastikdan ishlangan. O‘zi kichkinagina bo‘lsa-da, DRC funksiyali dinamik sifatli ovoz yangrashini ta’minlay oladi. Kolonkaga 480 mA/soatlik akkumulyator o‘rnatilgan bo‘lib, uning quvvati faol qo‘llashda 4 soatga, kutish rejimida esa naq 45 kunga yetadi!

Lekin Xiaomi XiaoAi Bluetooth speaker’ning asosiy o‘ziga xosligi – «sun’iy idrok»ni qo‘llab-quvvatlashidir. Uni Bluetooth orqali smartfon bilan «bog‘lab», kolonka korpusidagi maxsus tugmacha orqali mikrofonini faollashtirish kerak. Keyin esa kolonkadagi XiaoAi ovozli yordamchisi unda musiqa ijro etishi, telefon qo‘ng‘iroqlarini qabul qilishi va boshqa vazifalarni bajarishi mumkin. Ammo ayni paytda bu ovozli assistent faqat xitoy tilidagi buyruqlarnigina tushunadi.

«Xitoycha Apple» ushbu mahsuloti uchun atigi 7 dollarga teng narx belgilagan. «Osmon osti saltanati»da unga oldindan buyurtma berish 19 noyabrdan boshlanadi, 28 noyabrdan esa Xiaomi XiaoAi Bluetooth speaker ochiq savdoga ham chiqariladi.

Bizda esa mazkur kompaniyaning turli smartfonlari sotilmoqda, jumladan, 2018 yilning aprelidan to oktyabriga qadar benchmarklarda birinchi o‘rinni qo‘ldan bermay kelayotgan Xiaomi Black Shark geymerofoni hamda «Tezkorlik ustasi» – Pocophone F1 hamyonbop flagmani uchun Terashop.uz internet-do‘konimizda onlayn usulda buyurtma berishingiz mumkin.

O‘QING: Black Shark, Pocophone F1 va boshqa Xiaomi smartfonlarining Terashop.uz’dagi narxlari (2018 yil 25 oktyabr) – xaridingiz O‘zbekiston bo‘ylab bepul yetkaziladi!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!