Xiaomi allaqachon ikkita smartfoniga global barqaror MIUI 12 tarqatyapti!

  •   DiMaX
  •  2230
  •  28.05.2020 12:00

Xiaomi allaqachon ikkita smartfoniga global barqaror MIUI 12 tarqatyapti!

«Xitoycha Apple» global MIUI 12 grafik qobig‘ining onlayn taqdimot marosimini 19 may kuni o‘tkazgan. Shuningdek, jami 47 rusumdagi smartfonlarga uning tarqalish grafigini ham rasman e’lon qilgan.

O‘QING: MIUI 12’dagi Super Wallpaper’larni istalgan Android-smartfonga o‘rnata olasiz! (tayyor havola + «jonli» video)

MIUI 12 global proshivkasi tarqalishining ilk bosqichi iyun oyidayoq boshlanib, unda Mi 9, Mi 9T, Mi 9T Pro, Redmi K20 hamda Redmi K20 Pro smartfonlari yangilanadi. Aytish kerakki, Xiaomi ayni shu beshta modeldagi qurilmalar egalarini mayning ilk haftasidanoq MIUI 12 testlariga rasman taklif etgan.

Ma’lum bo‘lishicha, Xiaomi Mi 9T smartfoni (ayrim mamlakatlarda Redmi K20 nomi ostida sotilyapti) uchun allaqachon MIUI 12 grafik qobig‘iga asoslangan, 12.0.0.11 raqamni global barqaror proshivka kela boshlagan:

Proshivkalar odatda bosqichma-bosqich tarqatilishidan xabaringiz bor, lekin agar siz Xiaomi Mi 9T yoki Redmi K20 ishlatayotgan bo‘lsangiz, apdeytning «havo orqali» kelishini kutish shartmas. Ushbu rasmiy proshivkani mana bu saytga joylab qo‘yishgan, smartfonga uni qanday o‘rnatishni (ingliz tilida) ko‘rsatib ham qo‘yishgan. Xohlovchilar uni yuklab olib, qo‘lda o‘rnatishlari mumkin, faqat bunda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xatoliklar uchun o‘zingiz mas’ul bo‘lasiz.

Darvoqe, barqaror global MIUI 12 proshivkasining negizida Android 10 operatsion tizim talqini yotadi. Android 11 (yoki Android R) talqinining esa Google kompaniyasi hozircha faqat dasturchilarga mo‘ljallangan jamlanmasini taqdim etgan. Shunga qaramasdan, hali chiqmagan Android 11’ni eski va arzon Redmi smartfoniga allaqachon o‘rnatish mumkin!

O‘QING: MIUI 12 hamda Android 11’gacha yangilanuvchi Xiaomi smartfonlari ikkita ro‘yxatda!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!