Xiaomi allaqachon ilovalarni MIUI 13’ga moslashtira boshladi

  •   DiMaX
  •  613
  •  09.06.2021 12:53

Xiaomi allaqachon ilovalarni MIUI 13’ga moslashtira boshladi

«Xitoycha Apple» o‘z mobil qurilmalari uchun MIUI 12.5 talqinidagi grafik qobiq asosidagi yangi proshivkalarni birin-ketish jo‘natmoqda. Bu orada esa keyingi avlod – MIUI 13 grafik qobig‘ining ham qachon chiqishi ma’lum bo‘lgan. Bundan tashqari...

O‘QING: MIUI 13 proshivkasini oluvchi 80 xildagi Xiaomi, Redmi, Poco va Black Shark smartfonlari ro‘yxati

Xiaomi rasmiy ilovalaridan biri – MIUI Cleaner yangi beta-talqinida dasturchilar MIUI 13 haqidagi qaydni payqab qolishdi. Ya’ni, ishlab chiqaruvchi o‘zining ilovalarini yangi grafik qobiqqa moslashtira boshlagan. Bu esa uning relizi yaqin ekanligiga ishoradir.

Shunday qilib, ilovaning MIUI Cleaner V21.05.26.beta versiyasida quyidagi o‘zgarishlar mavjudligi aytilgan:

  1. Qurilmani «chiqindi»lardan tozalash uchun dvijoklar umumiy qayta ishlab chiqilgan.
  2. Ilovaning o‘zi MIUI 13 grafik qobig‘idagi «suzib yuruvchi oyna» holatiga moslashtirilgan.
  3. Shu paytgacha ma’lum bo‘lgan xatoliklar tuzatilgan.

Oldinroq internetda tarqalgan mish-mishlarga ko‘ra, MIUI 13 anonsi shu iyun oyidayoq bo‘lib o‘tadi. Hatto ular rost bo‘lib chiqqan taqdirda ham, bu hali beta-testlarning boshlanishi bo‘ladi va uning yakuniy talqini chiqishiga ancha vaqt bor.

Xiaomi, Redmi, Poco va Black Shark smartfonlarining global proshivka, global versiya va xitoycha versiyalari, ularning o‘zaro farqi haqida esa ushbu maqolamizdan batafsil ma’lumot olasiz.

O‘QING: Xiaomi’ni endi to‘xtatib bo‘lmaydi: uzoq kutilgan Mi Mix 4 hamda Mi Note 11, yana MIUI 13 ham rasmiy saytda «qo‘lga tushdi»!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!