Xiaomi allaqachon Nokia 9 PureView kabi pentakamerali smartfon tayyorlabdi – unda olingan suratni ko‘ring!

  •   DiMaX
  •  2126
  •  31.01.2019 08:30

Xiaomi allaqachon Nokia 9 PureView kabi pentakamerali smartfon tayyorlabdi – unda olingan suratni ko‘ring!

Keyingi bir necha yil ichida smartfonsozlar o‘zlarining mobil qurilmalarini ko‘p modulli kameralar bilan jihozlashga kirishib ketishgan. Ular orasida hozirgacha ma’lum bo‘lgan eng «serkamera» smartfon esa yaqin kunlarda taqdim etilayotgan Nokia 9 PureView bo‘ladi.

O‘QING: «Revolver» kamerali Nokia 9 PureView hamda «teshik» ekranli ilk smartfonining namoyish kunini HMD Global rasman ma’lum qildi

Ma’lum bo‘lishicha, Xiaomi allaqachon unga raqobatchi – bosh kamerasi beshta ob’yektivli smartfon ishlab chiqibdi! Kompaniyaning top-menejerlaridan biri – Van Ten Tomas (Wang Teng Thomas) ushbu qurilma kamerasida olingan quyidagi rasmni Weibo ijtimoiy tarmog‘ida e’lon qilgan:

Ko‘rib turganingizdek, fotosuratning pastki chap burchagida «suvli belgi» tarzida «Shot on Mi AI Penta cam» yozuvi aks etgan. Bu esa suratning besh modulli, «sun’iy ong»li kameraga ega Xiaomi smartfonida olinganini anglatadi.

Bundan tashqari, Van Ten Tomas ushbu postini tezda tarmoqdan o‘chirib tashlagan. Bu esa shunga ishora qilyaptiki, top-menejer sir tutilayotgan yangi mahsulotni tasodifan ommaga oshkor etib qo‘yganini payqab qolgan. Balki buni ataylab qilgandir – marketing hiylasi...

Hozirgacha xalqaro bozorga taqdim etilgan ko‘plab rusumlardagi Xiaomi smartfonlarini esa Terashop.uz internet-do‘konimizdan 819 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda xarid qilish imkoni bor.

O‘QING: «Yong‘oqchaqar» Redmi Note 7 smartfonini AliExpress’dan sotib oling!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.