Xiaomi amalladi: ommabop smartfonlarga Android 10 proshivkasi kela boshladi!

  •   DiMaX
  •  2376
  •  02.03.2020 08:59

Xiaomi amalladi: ommabop smartfonlarga Android 10 proshivkasi kela boshladi!

Esingizda bo‘lsa, koronavirus epidemiyasi sababli Xiaomi kompaniyasi o‘z smartfonlari uchun tizim yangilanishlarini tayyorlab tarqata olmayotgan edi. Kecha – 1 mart kuni chiqqan xabarlarga ko‘ra, u buni baribir uddalabdi.

O‘QING: Xiaomi va Redmi'ning to‘rtta modeli yangi xususiyatga ega bo‘ladi

Xiaomi ikkita ommabop modeli uchun Android 10 operatsion tizim talqinidagi proshivkani tarqata boshlagan. Bulardan birinchisi Android One dasturi doirasida «toza» tizim bilan chiqarilgan Mi A3 bo‘lsa, ikkinchisi – Redmi Note 8 Pro modeliga esa ushbu yangilanish MIUI 11 grafik qobig‘i bilan taqdim etilgan.

Har ikkala smartfonga ham o‘ninchi avlod Android apdeyti dunyo bo‘ylab bosqichma-bosqich tarqatila boshlagan va Wi-Fi orqali o‘rnatish mumkin bo‘ladi. Lekin shoshilganlar uchun XDA-Developers resursiga proshivka fayllari ham joylangan – tajribali foydalanuvchilar ularni yuklab olib, rekaveri rejimida o‘rnatishlari mumkin.

Xiaomi Mi A3 uchun proshivka 1,3 gigabaytlik hajmga ega va uni mana bu havola orqali ko‘chirib olish imkoni bor. V11.0.7.0.QFQMIXM texnik raqamli ushbu apdeyt Xiaomi ustqurmalarisiz, faqat smartfon modeliga moslashtirilgan «toza» Android 10 tizimi hisoblanadi.

O‘QING: Redmi 9, Redmi Note 9 va Note 9 Pro taqdimoti oldidan Redmi K30 5G arzonlashdi!

Redmi Note 8 Pro modeli bir necha haftadan beri eng ommabop smartfonlar reytingidan tushmay kelayotir. Uning uchun o‘ninchi avlod «yashil robotchali» tizim asosidagi proshivka hozircha Yevropa, Rossiya va Pokistondagi foydalanuvchilarga «havo orqali» tarqatilmoqda.

Kutishni istamaganlar esa ushbu havola yordamida uning 1,9 gigabaytlik proshivka faylini ko‘chirib olsalar bo‘ladi. Mazkur apdeytga yangilangan operatsion tizimdan tashqari, Xiaomi ilovalarini o‘z ichiga olgan MIUI 11 grafik qobig‘i, shuningdek fevraldagi xavfsizlik patchlari ham kirgan.

Eslatib o‘tamiz, proshivka faylini ko‘chirib olib, rekaveri rejimi orqali o‘rnatish birmuncha murakkab jarayon bo‘lib, agarda bu borada tajribangiz bo‘lmasa, ushbu ishni ustasiga topshirganingiz yoki yangilanishning «havo orqali» kelishini kutganingiz ma’qul.

O‘QING: «JONLI» TEST VIDEOSI: iPhone 11 Pro Max kuchlimi, yoki uning yarim narxidagi Xiaomi Mi 10 Pro?