Xiaomi arzon smartfonlariga ham eng yangi texnologiyani qo‘llashini e’lon qildi

Xiaomi arzon smartfonlariga ham eng yangi texnologiyani qo‘llashini e’lon qildi

Avvalroq, Fortsense kompaniyasi LCD-ekran uchun mo‘ljallangan displey osti barmoq izi skanerini ishlab chiqish muvafaqqiyatli kechayotganligini e’lon qilgandi. Kuni kecha, Xiaomi ushbu yechimni o‘z qurilmalari uchun qo‘llashini e’lon qildi.

Xiaomi’ning maxsulotlar bilan ishlash bo‘yicha direktori Van Teng ushbu ma’lumot bilan bo‘lishdi. Uning aytishicha, Xiaomi  yangi texnologiyani o‘z qo‘liga oladi, tayyor maxsulot tannarxi esa 300 dollardan kamroqni tashkil etadi. Ayni damda bozorda OLED-ekranli va displey osti daktiloskopiga ega bo‘lgan 300 dollargacha bo‘lgan smartfonlar soni oz emas. Demak, ushbu toifadagi smartfonlar uchun yangi narxlarni kutish mumkin.

Van Tengning aytishicha, yangi texnologiya qo‘llangan smartfonni shu yilning o‘zidayoq  ko‘rishimiz mumkin, lekin buning ehtimoli kam. Eng yaqin muddatda ham bunday smartfon shu yilning oxirida yoki keyingi yili ishlab chiqariladi.

Xullasi kalom, bu boradagi yangiliklarni biz bilan birgalikda kuzatishda davom eting. Shuningdek, Xiaomi mahsuloti bo‘lgan turli gadjetlar – quloqchin, poverbank, «aqlli» bilaguzuk, smart-soat, smartfon va boshqalarni Terashop.uz internet-do‘konimizdan onlayn usulda xarid qilish imkoni borligini ham eslatib o‘tamiz.

O‘QING: Xiaomi Card: bekorga kompaniyani «Xitoycha Apple» deyishmaydi!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!