Xiaomi arzon smartfonlariga ham Mi 9’dagi ilg‘or jihatlarni joriy etyapti – modellar va yangilanish grafigi bilan tanishing!

  •   DiMaX
  •  2350
  •  14.03.2019 12:55

Xiaomi arzon smartfonlariga ham Mi 9’dagi ilg‘or jihatlarni joriy etyapti – modellar va yangilanish grafigi bilan tanishing!

Mi 9 flagmanidagi «Game Booster» o‘yin rejimini Xiaomi endi boshqa smartfonlariga ham qo‘shayotgani haqida Terabayt.uz joriy oyning boshida xabar bergandi. Endi esa undagi boshqa texnologiyalar ham kompaniyaning ko‘plab rusumlardagi smartfonlariga tatbiq etilyapti.

O‘QING: Xiaomi smartfonlari endi qimmatlaydi – buni shaxsan kompaniya bosh direktori aytdi!

Bu to‘g‘rida «xitoycha Apple»ning dasturiy ta’minot bo‘limi boshlig‘i Chjan Gotsyuan (Zhang Guoquan) ma’lumot bergan. Uning ta’kidlashicha, Mi 9 modelida tatbiq etilgan ko‘plab yangi innovatsiyalar dastlab Xiaomi Mi 8 turkumi smartfonlariga joriy qilinadi.

Endi esa, Xiaomi Internet bo‘limi rahbari Li Veysin (Li Weixing) boshqa modellardagi Xiaomi smartfonlariga hozircha Mi 9 uchun eksklyuziv bo‘lib turgan innovatsiyalarning joriy etilish grafigini ham e’lon qildi!

Mana, ularning qaysi smartfonlarga tatbiq etilishi va yangilanish grafigi bilan tanishamiz:

1. O‘yinlardagi tezlashtirish texnologiyasi mart oyining oxiri – aprelning boshlarida Xiaomi Mi 8, Xiaomi 8 Screen Fingerprint Version, Xiaomi Mi 8 Transparent Version, Xiaomi Mi 8 SE, Xiaomi Mi MIX 3, Xiaomi Mi MIX 2S, Redmi Note 7, Redmi Note 7 Pro, Redmi Note 5 va Redmi S2 modellariga tarqatiladi.

Aprelning o‘rtalariga borib esa ushbu yangi imkoniyatdan Xiaomi Mi 8 Youth Edition, Xiaomi Mi 6, Xiaomi Mi 6X, Xiaomi Mi 5s, Xiaomi Mi 5s Plus, Xiaomi Mi 5X, Xiaomi Mi MIX 2, Xiaomi Mi MIX, Xiaomi Mi Max 3, Xiaomi Mi Note 3, Xiaomi Mi Note 2, Xiaomi Mi Play, Redmi Note 6 Pro Redmi Note 5, Redmi 6 Pro, Redmi 6, Redmi 6A, Redmi 5, Redmi 5A hamda Redmi 5 Plus egalari ham bahramand bo‘lishadi.

O‘QING: Barcha Xiaomi smartfonlari uchun zo‘r xushxabar bor!

2. Kun davomida almashinib turuvchi «jonli» oboylar esa mart oyining oxiridayoq Xiaomi Mi 8, Xiaomi 8 Screen Fingerprint Version, Xiaomi Mi 8 Transparent Version, Xiaomi MI MIX 3, Xiaomi Mi MIX 2S modellari uchun, keyinroq esa boshqa rusumlardagi smartfonlar uchun ham taqdim etiladi.

3. Hamisha yoqiq turuvchi displeyning yangi imkoniyatlari ham joriy oyning boshida – dastlab Xiaomi Mi 8, Xiaomi 8 Screen Fingerprint Version, Xiaomi Mi 8 Transparent Version, Xiaomi MI MIX 3, Xiaomi Mi 8 SE uchun, so‘ngroq esa boshqa modellar uchun tarqatiladi.

4. Menyuning barcha bo‘limlarida to‘qrang interfeys (tungi rejim – Dark Mode) esa martning oxirlarida Xiaomi Mi 8, Xiaomi 8 Screen Fingerprint Version, Xiaomi Mi 8 Transparent Version, Xiaomi Mi 8 SE, Xiaomi Mi 8 Youth Version, Xiaomi 6 X, Xiaomi Mi MIX 3, Xiaomi Mi MIX 2S , Xiaomi Mi Note 3, Xiaomi Mi Max 3, Redmi Note 7, Redmi Note 7 Pro, Redmi Note 6 Pro, Redmi 6 Pro, Redmi Note 5, Redmi S2 va boshqa smartfonlar egalarini quvontiradi.

5. Quvvatlanish jarayonidagi yangicha animatsiya yuqoridagi barcha modellar uchun aprelning boshlarida uchun joriy etiladi.

Eslatib o‘tamiz, Terashop.uz internet-do‘konimizda mazkur kompaniyaning eng arzon Redmi Go smartfoni hamda ilk tugmachali telefoni – Xiaomi Qin 1s modelini, umuman, atigi 590 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda jami ellikka yaqin nomdagi Xiaomi telefonlarini sotib olish imkoni bor. Bundan tashqari, hozirda mazkur internet-do‘kondan xarid qilsangiz, «Bahor kayfiyati» aksiyasi doirasida yutuqqa ham ega bo‘lishingiz mumkin!

O‘QING: «Yong‘oqchaqar» Redmi Note 7 va eng arzon Redmi Go ham Terashop.uz’ga keldi! Xiaomi smartfonlarining narxlari (2019 yil 12 mart)