Xiaomi atigi 100 dollarga NFC va pulsoksimetrli gadjet chiqardi

  •   DiMaX
  •  659
  •  20.10.2020 14:00

Xiaomi atigi 100 dollarga NFC va pulsoksimetrli gadjet chiqardi

Samsung shu yil avgustning boshida taqdim etgan smartvoch – Galaxy Watch 3 modeli qonning kislorodga to‘yinganligini aniqlovchi pulsoksimetr datchigiga ega. Butun dunyoda koronavirus pandemiyasi avj olgan hozirgi pallada ushbu funksiyaning foydasi katta.

O‘QING: Huami pulsoksimetrli Amazfit Band 5 bilaguzugini taqdim etdi: siz uni taniysiz!

Endi esa Xiaomi kompaniyasi ham shunday yo‘l tutdi – pulsoksimetrli Xiaomi Mi Watch Color Sports Edition aqlli soatini namoyish qildi. Nomidan ham bilinib turganidek, bu – «Xitoycha Apple» 2019 yilning so‘ngida namoyish etgan smart-soat – Xiaomi Mi Watch Color modelining yangi versiyasidir. Kompaniya bulturgi smartvochining global versiyasi – Xiaomi Mi Watch Revolve modelini 29 sentyabr kuni Hindistondagi tadbirida rasman taqdim qilgan edi.

Xiaomi Mi Watch Color Sports Edition modeliga qaytadigan bo‘lsak, u 105 dollarga teng narx bilan 1 noyabrdan ochiq savdoga chiqadi. Xitoyda allaqachon uning uchun oldindan buyurtma ochilgan va mazkur bosqichda devaysni atigi 97 dollarga olish mumkin.

O‘QING: Android 10 tizimli ilk smart-soat namoyish etildi: 4/64 GB xotira va buriluvchi Sony kamerali!

Pulsoksimetrdan tashqari, yangi smart-soatda yurak urishi datchigi, joylashuvni aniqlash uchun yuqori sifatli GPS/GLONASS/Galileo/Beidou chipi, Bluetooth 5.0 hamda NFC modullari ham qo‘llangan. Uni taqib, 50 metrgacha suv tubiga sho‘ng‘ish mumkin.

Mi Watch Color Sports Edition diagonaliga 1,39 dyuymlik AMOLED-displeyga ega bo‘lib, unga Always-On rejimi ham joriy etilgan. Kompaniya uning uchun 120 xil siferblat va 117 xil sport rejimini taklif etadi.

Qurilmaning akkumulyatori 420 mA/soatlik bo‘lib, uning to‘la quvvati 16 kunga yetadi. Xiaomi mazkur mahsulotini qora, ko‘k va oq rangli korpuslarda taklif etmoqda, tasmachalari esa olti xil rangda.

O‘QING: Redmi’ning ilk aqlli soatida smartfonsiz ham qo‘ng‘iroq qila olasiz!