Xiaomi atigi 13 dollardan boshlanuvchi ikkita simsiz quloqchin taqdim etdi

  •   DiMaX
  •  789
  •  07.10.2020 15:48

Xiaomi atigi 13 dollardan boshlanuvchi ikkita simsiz quloqchin taqdim etdi

Apple korporatsiyasining AirPods quloqchinlariga o‘xshatib «Xitoycha Apple» ham gadjetlar chiqarib kelmoqda. Jumladan, 13 oktyabrda uni rasman namoyish qilinadigan Xiaomi Mi Air 2 Pro modelining «jonli» videolarini allaqachon e’lon qilganmiz.

O‘QING: Xitoyliklar buni uddalashdi: AirPods Pro’ning arzon klonini ham iPhone xuddi originalidek qabul qilyapti! (+video)

Xiaomi hozircha Hindistonda, o‘zining Redmi brendi ostidagi ikkita Bluetooth-quloqchin namoyish etdi. Redmi SonicBass Neckband hamda Redmi Earbuds 2C rusumli mazkur aksessuarlarning har ikkalasi Bluetooth 5.0 interfeysi bilan ta’minlangan.

Redmi SonicBass Neckband modeli bo‘yindan o‘tib turuvchi ushlagichga hamda 9.2 millimetrlik drayverga ega. Hindistonda uni 13 AQSh dollariga teng narxda sotishmoqda.

Quloqchinning simidagi boshqaruv pultiga mikrofon va tegishli tugmachalar o‘rnatilgan.

Aytish kerakki, har ikkala yangi quloqchin avtonomligi 12 soatga yetadi, ularning korpuslari IPX4 standartiga ko‘ra ter va boshqa turdagi nam kirishidan himoyalangan.

O‘QING: 12 soat avtonomlikka ega, suvdan qo‘rqmas arzon simsiz quloqchin – Redmi Sonicbass taqdim qilindi

Butkul simsiz bo‘lgan Redmi Earbuds 2C modeli esa chiroyli g‘ilof bilan taqdim etiladi. Uning drayveri 7.2 millimetrlik o‘lchamga ega.

Har ikkala Bluetooth-quloqchin ham Siri, Alexa hamda Google Assistant ovozli yordamchilarini qo‘llab-quvvatlaydi. Ularda faol shovqin to‘sish funksiyasi ko‘zda tutilmagan.

Redmi Earbuds 2C modeli Hindistonda hozir arzonlashtirib – 18 dollardan bozorga chiqarilgan, keyinroq esa asl narxida – 27 dollardan sotishadi. Bu aksessuarlarning boshqa bozorlarga chiqishi haqida hozircha ma’lumot yo‘q.

O‘QING: Realme hatto smartfon g‘ilofidan ham arzon quloqchin taqdim etdi (+video)

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!