Xiaomi atigi 57 dollarga o‘yin konsoli shaklida smartfon chiqardi!

  •   DiMaX
  •  572
  •  13.07.2020 16:41

Xiaomi atigi 57 dollarga o‘yin konsoli shaklida smartfon chiqardi!

2018 yilning yozida «Xitoycha Apple» o‘zining ilk tugmachali telefoni – Xiaomi Qin 1 hamda uning nisbatan ilg‘or varianti – Qin 1s modellarini taqdim etgandi. Bular – Wi-Fi moduli va USB Type-C porti bilan jihozlangan, yana «sun’iy ong»li ilk tugmachali telefonlar bo‘lsa, ularning avlodi – Qin 2 esa sensor ekranli smartfon tarzida taqdim etilgan. Bulardan keyin esa...

O‘QING: Xiaomi arzon va cho‘zinchoq Qin 2 Pro smartfonini taqdim etdi

Xiaomi endi ushbu turkum assortimentini Qin AI Life rusumli yangi modeli bilan boyitdi. Bolalarga mo‘ljallangan ushbu smartfon g‘ayrioddiy form-faktorga ega. aniqrog‘i – uni o‘yinsoz Nintendo kompaniyasining Game Boy o‘yin pristavkasi shaklida ishlab chiqishgan.

Qin AI Life korpusining o‘lchamlari 74x38,6x12,1 millimetrga teng, vazni esa 48 gramm tosh bosadi. Uning rangli ekrani diagonaliga 1,54 dyuymlik bo‘lib, 240x240 piksellik tasvir aniqligiga ega. Korpusining old yuzasida krest shaklidagi va boshqa tugmachlari bor.

O‘QING: Xiaomi dunyodagi eng arzon – smartfon narxidagi elektroskuterni taqdim etdi

Telefonning asosiy o‘ziga xosliklaridan biri – ota-onalar uni masofadan turib nazorat qila olishlaridir. Shuningdek, ular bolaning (aniqrog‘i – gadjetning) qayerda ekanligini ham ko‘rib tura olishadi.

Qin AI Life buning uchun Wi-Fi, GPS, Bluetooth hamda eSIM modullari bilan ta’minlangan. Bulardan tashqari, qurilma XiaoAI ovozli yordamchisiga ham ega.

Bolalarga mo‘ljallangani uchun, Qin AI Life proshivkasiga talim ilovalari, elektron diktor ovozli o‘qib berishi mumkin bo‘lgan ensiklopediya, shuningdek, maktab darsliklari va badiiy adabiyot ham kiritilgan.

Qin AI Life avtonomligi uchun tok sig‘imi 1150 mA/soatlik akkumulyator mas’ul. Xiaomi mazkur qurilmasi uchun Youpin kraudfanding platformasida 57 dollarga teng narxda oldindan buyurtma olyapti.

O‘QING: Redmi flagmani keskin arzonlashdi – narxidagi farqining o‘ziga yana bitta smartfon olish mumkin!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!