Xiaomi avtonom boshqaruvli Pilot texnologiyasini taqdim etdi

Xiaomi avtonom boshqaruvli Pilot texnologiyasini taqdim etdi

Xiaomi rasman 2021 yil mart oyida elektromobillar sanoatiga kirib keldi. Kompaniya mutlaqo yangi avtomobil brendini ishlab chiqish uchun 10 milliard dollar ajratdi. Bir necha kun avval Xiaomi bosh direktori Ley Jun Xiaomi Pilot texnologiyasining birinchi hisobotini e’lon qildi.

Pilot Technology - bu Xiaomi kompaniyasi o‘zi ishlab chiqargan avtomobilni avtonom boshqarish texnologiyasi hisoblanadi. Kompaniya ilmiy-tadqiqot guruhini yaratish va ushbu texnologiyani keyingi avlodini ham ishlab chiqish uchun 500 million dollar ajratdi. Quyida yangi texnologiyani qanday ishlashini ko‘rsatuvchi videoni tomosha qilishingiz mumkin:

Xiaomi o‘zining ilmiy-tadqiqot guruhi uchun butun dunyodan 500 dan ortiq mutaxassislarni jalb qildi, kompaniya eng so‘nggi texnologiyalarni yaratish maqsadi yo‘lda bir qator xaridlar va strategik sarmoyalarni amalga oshirdi.

Ley Junning so‘zlariga ko‘ra, Xiaomi avtonom texnologiyasi kompaniya tomonidan ishlab chiqilgan to‘liq stek yondashuvidan foydalanadi. Hozirgacha erishilgan yutuqlar kutilganidan ham a’lo bo‘lib chiqmoqda. Ushbu texnologiya bilan bog‘liq muammolarni hal qilishda kompaniyaning yondashuvi juda oddiy va samarali edi, ya’ni Xiaomi eng yaxshi iste’dodlarni yollab va ularga cheksiz resurslar bilan ishlashga ruxsat berdi. Bunday yechim hozirda o‘z samarasini bermoqda.

Butun dunyodan iste’dodlarni tanlab olish ishlari hali tugamadi, kompaniya shu yil oxirigacha o‘z jamoasini 600 a’zoga yetkazishni rejalashtirmoqda. Hozirgacha ilmiy-tadqiqot guruhi 50 ta soha mutaxassislaridan iborat bo‘lib, asosiy guruh a’zolari sun’iy intellekt sohasidagi eng mashhur kompaniyalardan kelgan. Xiaomi barcha texnologiyalarni uchinchi tomon aralashuvisiz o‘zi ishlab chiqarmoqchi, kompaniya o‘z jamoasiga ishonadi. 

Shendong Technology avtonom boshqaruv startapini sotib olgan Xiaomi katta strategik qadamni tashladi. Bu bilan kompaniya avtonom boshqaruvdagi tayyor texnologiyalar va talantli mutaxassislardan iborat jamoaga ega bo‘ldi. 

Kompaniya o‘zining o‘rta va uzoq muddatli strategiyasi uchun qo‘shimcha 300 million dollar sarmoya kiritmoqda. Bu investitsiya 10 dan ortiq mavjud kompaniyalarning avtonom boshqaruv sohasidagi bevosita ishtirokini anglatadi. 

Avtonom boshqaruv algoritmi to‘liq ishlab chiqilgan bo‘lib, kompaniya dasturiy ta’minot va apparat ustidan to‘liq nazorat qilish imkonini beruvchi stek usulidan foydalanadi. Bu foydalanuvchi tomonidan boshqarilishi mumkin bo‘lgan dasturiy ta’minot va apparatni tez o‘zgartirish va yangilash imkonini beradi.

Xiaomi Pilot texnologiyasining test drayv jarayoni:

Xiaomi kompaniyasi Pilot Technology dasturining birinchi bosqichi uchun 140 ta sinov avtomobillaridan iborat parkni yaratish ustida ishlamoqda. Albatta, bu ko‘p vaqtni oluvchi jarayon.

Xitoylik texnogiganti avtonom texnologiya sohasiga jiddiy e’tibor qaratgan. Kompaniya katta resurslarga ega, u eng yaxshi mutaxassislarni yollash imkoniyatiga ega. Shuningdek, Xiaomi dasturiy ta’minot va apparat ta’minotni ishlab chiqish bo‘yicha o‘z mutaxassislaridan foydalanishi ham mumkin. Kompaniya avtonom boshqaruv texnologiyasidagi eng yaxshi startaplarni sotib olmoqda. 

O‘QING: Eng kuchli Redmi smartfoni taqdim etildi 

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!