Xiaomi aytadiyam, qaytadiyam: to‘rtta Redmi smartfoniga MIUI 12 kelmaydigan bo‘ldi!

  •   DiMaX
  •  4657
  •  09.12.2020 10:57

Xiaomi aytadiyam, qaytadiyam: to‘rtta Redmi smartfoniga MIUI 12 kelmaydigan bo‘ldi!

«Xitoycha Apple» hozir 31 xil mobil qurilmalari uchun xitoycha MIUI 12 asosidagi proshivkalar tarqatmoqda. Shulardan yettita modeldagisi uchun grafik qobiq eng so‘nggi – Android 11 operatsion tizimi bazasida tayyorlangan.

O‘QING: Global bozordagi Xiaomi, Redmi va Poco smartfonlariga jami 76 ta barqaror MIUI 12 proshivkalari chiqdi (to‘liq ro‘yxat)

Xiaomi kompaniyasi MIUI 12 proshivkasini qabul qiluvchi gadjetlarining ro‘yxatini kuni kecha yangiladi. Afsuski, Redmi brendiga mansub bo‘lgan to‘rtta rusumdagi smartfon undan chiqarib tashlangan.

Yangi ro‘yxatgan ko‘ra, Redmi Y3, Redmi 7, Redmi 6 hamda Redmi 6A modellari uchun rasmiy MIUI 12 proshivkasi tayyorlanmaydigan bo‘lgan. Xiaomi bu qarorini «muvofiqlik va samaradorlik muammolari» bilan izohlagan.

Kompaniya bunda aynan qanaqa muammolarni ko‘zda tutgani noma’lum; lekin u oldin MIUI 12’ning shu modellar uchun ham moslashtirilayotganini aytgan. Grafik qobiq taqdim etilganidan buyon o‘tgan yetti oy mobaynida bu smartfonlar ham ungacha yangilanuvchi devayslar ro‘yxatida bo‘lib kelayotgan edi.

Xiaomi, Redmi, Poco va Black Shark smartfonlarining global proshivka, global versiya va xitoycha versiyalari, ularning o‘zaro farqi haqida esa mana bu maqolamizdan batafsil ma’lumot olasiz.

O‘QING: Xiaomi Mi 11 Pro ilk suratda: dizayni Xiaomi Mi 11’dan mutlaqo farqli!