Xiaomi barcha Android-smartfonlar uchun Mint brauzerini taqdim etdi: tezkor, tejamkor, xavfsiz va reklamasiz!

  •   DiMaX
  •  3273
  •  24.12.2018 14:05

Xiaomi barcha Android-smartfonlar uchun Mint brauzerini taqdim etdi: tezkor, tejamkor, xavfsiz va reklamasiz!

«Xitoycha Apple» nafaqat turli gadjetlari, balki ular uchun ishlab chiqilgan dasturiy ta’minot mahsulotlari bilan ham tanilgan. Uning dasturchilar jamoasi kuni kecha namoyish qilgan Mint brauzeri nafaqat Xiaomi, balki barcha kompaniyalarning mobil qurilmalarida foydalanishga mo‘ljallangan.

O‘QING: Mi Play’dan tashqari, 24 dekabrda Xiaomi yana Pinecone S2’ni ham taqdim etadi! (+«jonli» surat)

Xiaomi Mint – hajmi atigi 10 megabayt keladigan, Android operatsion tizimi bazasida ishlovchi barcha qurilmalarda ishlay oluvchi tezkor brauzerdir.

Ishlab chiquvchilarning so‘zlariga qaraganda, Xiaomi Mint o‘ta tezkorligi va foydalanishga qulayligi bilan ajralib turadi. Uning sozlamalarida biror nimani «kavlashtirib» o‘tirishga hojat yo‘q – hammasi sodda va tushunarli.

Shu bilan birga, Xiaomi Mint ovozli qidiruvni, «inkognito» (maxfiylik) hamda «mutolaa» rejimlarini qo‘llab-quvvatlaydi. Bulardan tashqari, u internet-trafikni tejash va reklamani bloklash funksiyasiga ham ega.

Xiaomi Mint brauzerini Google Play ilovalar katalogidan mana bu havola orqali bepul yuklab olish mumkin.

O‘QING: VPN Lite – iPhone va Android-smartfonlar uchun tezkor, bepul va reklamasiz ilova!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.