Xiaomi barcha smartfonlariga MIUI 12 proshivkasi tarqatilishini vaqtincha to‘xtatyapti

  •   DiMaX
  •  1296
  •  20.06.2020 15:58

Xiaomi barcha smartfonlariga MIUI 12 proshivkasi tarqatilishini vaqtincha to‘xtatyapti

Yaqinda 16 xil rusumdagi Xiaomi smartfonlari muntazam MIUI 12 yangilanishlaridan mahrum etilayotgani haqida yozgandik. Endi esa kompaniya ushbu grafik qobiq asosidagi yangi proshivkalarning hech bir qurilmasiga tarqatmay turmoqchi.

O‘QING: Xiaomi ikkita smartfoniga barqaror MIUI 12, yana biriga esa allaqachon MIUI 12.0.1 proshivkasini tarqatyapti!

Aksariyat hollarda grafik qobiqdagi biror nuqson sababli shunaqa to‘xtatib turishlar bo‘lar edi. Lekin xavotirga o‘rin yo‘q – bu galgi tanaffusga xavfsizlik tirqishi yoki biror boshqa kamchilik sababchi emas.

Gap shundaki, MIUI ustidagi ishlanmalar hamda yangilanishlarning tarqatilishi Xitoydagi an’anaviy Ajdar qayiqlari bayrami munosabati bilan to‘xtatib turilyapti. Bu bayram 25 iyun kuni bo‘lib o‘tadi, lekin Xiaomi va Redmi smartfonlaridagi proshivka yangilanishlarida o‘sha kundan to 3 iyulgacha tanaffus bo‘ladi.

Shu bilan birga, Redmi Note 8 modelining Android 10 tizimiga yangilanishi masalasi ham oydinlashdi. Ushbu smartfon mazkur operatsion tizim talqinigacha yangilana boshlagan, ammo kutilmaganda to‘xtatib qo‘yilgan edi. Kompaniyaning ma’lum qilishicha, apdeytning uzatilishi «yirik baglar» sababli to‘xtatilgan. Shu sababli ushbu rusumdagi smartfonlar egalari iyulning ikkinchi yarmiga boribgina Android 10, keyinroq esa MIUI 12 proshivkasini qabul qilishlari mumkin bo‘ladi.

Darvoqe, Xiaomi smartfonlarining global proshivka, global versiya va xitoycha versiyalari, ularning o‘zaro farqi haqida mana bu maqolamizdan batafsil ma’lumot olasiz.

O‘QING: Faqat mana shu smartfonlargina MIUI 12’ning turli yangi imkoniyatlariga ega bo‘lar ekan!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!