Xiaomi barchani laqillatgan ekan – ikkita yangi flagmani benchmarkda «qovun tushirdi»!

  •   DiMaX
  •  2411
  •  01.08.2019 14:39

Xiaomi barchani laqillatgan ekan – ikkita yangi flagmani benchmarkda «qovun tushirdi»!

«Xitoycha Apple» kuni kecha eng kuchli Android-protsessor – Snapdragon 855 Plus bazasidagi Black Shark 2 Pro o‘yinbop smartfonini namoyish qilgan edi. Taqdimot marosimida uning AnTuTu servisida 500 000 dan oshiq natija ko‘rsatishi alohida ta’kidlangan.

O‘QING: Black Shark 2 Pro taqdim etildi – AnTuTu’ning yangi qiroli! (+video)

Ammo amalda bu ko‘rsatkich Xiaomi va’da qilganidan naq o‘n foizga kam bo‘lib chiqdi! Weibo ijtimoiy tarmog‘ida e’lon qilingan skrinshotga ko‘ra, Black Shark 2 Pro geymerofoni AnTuTu benchmarkida 456 571 ball olgan!

Kompaniya hozircha bu borada biror rasmiy izoh bermagan, ammo dastlabki 24 soat mobaynida Black Shark 2 Pro uchun 200 000 dan oshiq oldindan buyurtma rasmiylashtirilgani ma’lum.

O‘QING: Xiaomi kutilmaganda hamyonbop smartfonini yana 30 dollarga arzonlashtirdi!

Shuningdek, yaqin orada namoyish etilishi kutilayotgan Xiaomi Mi 9T Pro smartfoni borasida ham shunga o‘xshash xabar tarqalgan. Esingizda bo‘lsa, Geekbench’da imtihon topshirganida bu smartfon ham Black Shark 2 Pro’dan qolishmaydigan natijalar ko‘rsatgan edi.

Lekin ayni mana shu benchmarkda Xiaomi Mi 9T Pro kechagina – 31 iyulda yana, tag‘in bir necha marta tekshirib ko‘rilgan. Unda smartfon bir-biriga zid natijalarni namoyon etganki, buni biror nima deb izohlash ham qiyin. Yakka yadroli sinovda u 2107 dan to 3512 ballgacha olgan bo‘lsa, ko‘p yadroli imtihonda 9143 dan to 11042 ballgacha to‘plagan:

Bilasizki, Xiaomi Mi 9T Pro flagmani Redmi K20 Pro smartfonining jahon bozoriga mo‘ljallangan versiyasi bo‘lib, Qualcomm Snapdragon 855 chipsetiga asoslangan. So‘nggi xabarlarga ko‘ra, Yevropada uni shu avgust oyidayoq savdoga qo‘yishadi – demak, uning taqdimoti juda yaqin. Kompaniyaning allaqachon sotuvga chiqqan turli rusumlardagi telefonlarini esa 590 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda Terashop.uz onlayn do‘konimizdan sotib olish mumkin.

O‘QING: Redmi 7 Pro – kechagina taqdim etilgan baquvvat protsessorli ilk smartfonni avgustdayoq ko‘ramiz!