Xiaomi bilan orzuingizdagi smartfoningizni yasang!

Xiaomi bilan orzuingizdagi smartfoningizni yasang!

Xiaomi kompaniyasining Rossiyadagi bo'limi sizga idealingizdagi smartfoningizni yig'ish imkonini beradigan Xiaomi Dreams 2.0 (https://buildmi.ru) platformasini ishga tushirdi. Unda siz nafaqat orzu qilgan smartfoningizni yaratishingiz, balki uning qismlari haqida ma'lumotlar olishingiz va orzuingizdagi smartfon sizga qanchaga tushishini, ya'ni uning narxini bilib olishingiz mumkin bo'ladi.

Platformaga kirganingizda siz smartfonni uning displeyidan boshlab yig'ishni boshlaysiz. Aytish kerakki, orzuingizdagi smartfonni ba'zi yuqori darajadagi texnologiyalar bilan jihozlashdan avval ularni yutib olishingiz kerak. Smartfon yig'ishning har bir bosqichi ajoyib 3D animatsiya va har bir texnologiya haqida tushuntirishlar bilan birga keladi, shunday ekan, siz nima xohlayotganingiz haqida aniqroq tushunchaga ega bo'lasiz.

Smartfoningiz uchun kerakli texnologiya va xususiyatlarni tanlab bo'lib, "Smartfonni yaratish" tugmasini bosganingizdan so'ng paydo bo'ladigan sahifada siz nimalarni tanlaganingizni bir joyda ko'rib olishingiz mumkin. Agar biror qismni o'zgartirmoqchi bo'lsangiz, uning yonidagi "Tahrirlash" tugmasini bosasiz. Hammasi tayyor bo'lgach, "Smartfonni yaratishni boshlash"ni bosing. Bir necha soniyadan so'ng esa orzuingizdagi smartfon tayyor!

Natija sahifasida smartfoningiz narxi qancha bo'lishini ko'rsatiladi. Siz tanlagan xususiyatlarga qarab platforma siz smartfon tanlashda nimalarga ko'proq e'tibor berishingizni tahmin ham qiladi. Shuningdek, u yerda siz tanlagan xususiyatlar bilan o'xshash texnik ko'rsatkichlarga ega qanday Xiaomi smartfonlari borligini bilib olishingiz mumkin.

Agar smartfoningizni saqlab qo'yishni xohlasangiz platformaga Xiaomi akkauntingiz bilan kirishingiz kerak bo'ladi.

O'QING: Xiaomi davom etadi: endigi navbat Redmi Note 12 Turbo'ga

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!