Xiaomi birinchi 5G va 8K-televizorining taqdimot kunini e’lon qildi

  •   DiMaX
  •  277
  •  24.09.2020 10:55

Xiaomi birinchi 5G va 8K-televizorining taqdimot kunini e’lon qildi

«Xitoycha Apple» o‘zining o‘n yilligiga bag‘ishlangan tadbirida yubiley superflagmani – Xiaomi Mi 10 Ultra (xitoycha versiyada – Xiaomi Mi 10 Extreme Commemorative Edition) modelini namoyish qilgan. Shuningdek, o‘shanda arzonchi brendning eng zo‘r flagmani – Redmi K30 Ultra (yoki Redmi K30 Extreme Commemorative Edition) ham taqdim etilgan edi. Kompaniya endi o‘z televizorlarining ham flagman modelini tayyorladi.

O‘QING: Xiaomi dunyodagi ilk shaffof televizorni yaratdi va u bir soniyadayoq sotilib ketdi! («jonli» video)

Kecha – 23 sentyabr kuni kompaniya e’lon qilishicha, uning flagman televizori Xiaomi TV Master Ultra Edition deb nomlanadi. Xitoyda uni 28 sentyabr kuni rasman namoyish qilishadi.

Aytish kerakki, bu – 5G tarmog‘iga ulanuvchi va 8K formatiga ega birinchi Xiaomi televizori bo‘ladi. Bulardan tashqari, unda yangi avlod – Mini LED turiga mansub displey qo‘llanmoqda.

Xiaomi TV Master Ultra Edition ekranining o‘lchami va boshqa texnik xususiyatlari hozircha ma’lum qilinmayapti. Taxminlarga ko‘ra, u avvalroq chiqqan, ekrani 120 gerslik chastotada yangilanuvchi 4K-televizor – 65 dyuymlik Xiaomi Mi TV Master modelining yaxshilangan versiyasi bo‘lishi mumkin.

O‘QING: Hamyonbop va aqlli 4K-televizor – Redmi A55 taqdim qilindi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!