Xiaomi birinchilardan bo‘lib Snapdragon 898 chipiga ega bo‘lgan smartfonni taqdim etmoqchi

Xiaomi birinchilardan bo‘lib Snapdragon 898 chipiga ega bo‘lgan smartfonni taqdim etmoqchi

Digital Chat Station ma’lumotlariga ko‘ra, Xiaomi va Motorola kompaniyalari birinchilardan bo‘lib Snapdragon 898 chipiga ega bo‘lgan smartfonlarni taqdim etishadi. Xabarga ko‘ra, Motorola yil oxirigacha ushbu smartfonni taqdim etishni maqsad qilgan, ammo Xiaomi kompaniyasi Motorola'dan oldinroq Snapdragon 898 chipi bilan jihozlangan o‘z smartfonini namoyish etmoqchi. 

O‘QING: Xiaomi Redmi K50 haqidagi yangi ma’lumotlar paydo bo‘ldi 

Shu bilan birga, IceUniverse, yangi Snapdragon 898 chipining GeekBench'dagi natijalarini e’lon qildi. Test natijalariga ko‘ra, yangi chip Snapdragon 888'dan taxminan 15%, Snapdragon 888+'dan esa 5% ga kuchliroq bo‘lib chiqdi. Biroq, Snapdragon 898 hali to‘liq yakuniy jarayondan o‘tmagan. Shuning uchun, uning unumdorlik darajasi bundan ham yuqoriroq bo‘lishi mumkin. 

Qualcomm odatdagidek dekabr oyining birinchi kunlarida o‘zining yangi flagman chipini taqdim etadi. Xiaomi esa uch yildan beri Qualcomm tomonidan ishlab chiqarilgan flagman chilarni birinchilardan bo‘lib o‘z smartfonlariga o‘rnatmoqda. 

Samsung kompaniyasi Galaxy S22 seriyasini 2021 yilning fevral oyida namoyish etishni rejalashtirgan. Motorola esa ungacha Snapdragon 898 chipiga ega bo‘lgan ikkinchi smartfonni taqdim etadi. 

O‘QING: MIUI 13 qachon taqdim etilishi ma’lum bo‘ldi 

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!