Xiaomi biryo‘la ikkita taqdimotga taklif etdi: 8 noyabrda Londonda, 8 dekabrda esa Nyu-Yorkda!

  •   DiMaX
  •  1253
  •  07.11.2018 17:50

Xiaomi biryo‘la ikkita taqdimotga taklif etdi: 8 noyabrda Londonda, 8 dekabrda esa Nyu-Yorkda!

Deyarli har kuni bir nechta yangiliklari bilan eslanib turuvchi Xiaomi kompaniyasi joriy yilning 10 noyabr kuni Londonda o‘zining Buyuk Britaniyadagi ilk do‘konini ochmoqchi. Ochilishdan ikki kun avval – 8 noyabr sanasiga u mana shu shaharda matbuot anjumani o‘tkazishini va unda yangi smartfon taqdim etishini ham e’lon qildi.

O‘QING: Xiaomi eng arzon noutbuki va Apple AirPods «kushanda»sini taqdim etdi

Taxminlarga ko‘ra, mazkur anjuman kompaniya avval taqdim etgan biror flagmanning Buyuk Britaniyadagi namoyishi bo‘ladi. Dastlab bu tadbirda Xiaomi Mi Mix 3 modeli hamda «aqlli» uy tizimi uchun ayrim jihozlar ko‘rsatilishi aytilayotgandi.

Lekin keyinchalik chiqqan ma’lumotlarga ko‘ra, bu anjuman Xiaomi Mi 8 Pro modelining mahalliy bozorga chiqarilishiga bag‘ishlanadi. Yana kim biladi, balki Xiaomi mutlaqo yangi modeldagi biror smartfonini taqdim etar – undan har narsa kutsa bo‘ladi.

O‘QING: Xiaomi rasman Redmi Note 6 smartfoni anonsini berdi, u «Bo‘ydoqlar kuni» savdoga chiqadi!

Bundan tashqari, kuni kecha «Xitoycha Apple» yana bitta tadbiriga taklifnoma tarqatdi. Kompaniya «eng zo‘r oqshom» deya maqtayotgan ushbu marosim joriy yilning 8 dekabr kuni Nyu-York shahrida bo‘lib o‘tadi. Uning aniq vaqti va joyi esa keyinroq e’lon qilinadi.

Bu tadbirida kompaniya o‘zining yangi mahsulotlarini taqdim etadi; bundan tashqari, tashrif buyuruvchilar Xiaomi jamoasi a’zolari bilan suhbatlashish imkoniga ega bo‘ladilar. Marosimga mashhur kishilar ham maxsus taklif etilganligi aytilmoqda.

8 noyabrdagi «eng zo‘r oqshom»da Xiaomi nimalar bilan xursand qilishi hozircha aniq emas. Bu kompaniya AQShda hozircha bir nechta turdagi mahsulotlarinigina sotish huquqiga ega – skuter, TV-pristavka va kuzatuv kameralari kabi. Kim biladi, balki «xitoycha Apple», nihoyat, o‘zining smartfonlarini ham mazkur mamlakatda rasman sotishga ruxsat olgandir...

Xullasi kalom, bu boradagi yangiliklarni biz bilan birgalikda kuzatishda davom eting. Shuningdek, Xiaomi mahsuloti bo‘lgan turli gadjetlar – quloqchin, poverbank, «aqlli» bilaguzuk, smart-soat, smartfon va boshqalarni Terashop.uz internet-do‘konimizdan onlayn usulda xarid qilish imkoni borligini ham eslatib o‘tamiz.

O‘QING: Terashop.uz’da arzonlashgan Xiaomi smartfonlari narxlari (2018 yil 30 oktyabr) – xaridingiz O‘zbekiston bo‘ylab bepul yetkaziladi!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!