Xiaomi bitta quvvat bilan 100 kungacha ishlovchi «aqlli» gadjetini taqdim etdi!

  •   DiMaX
  •  1679
  •  12.06.2019 17:01

Xiaomi bitta quvvat bilan 100 kungacha ishlovchi «aqlli» gadjetini taqdim etdi!

Bizga asosan smartfonlari bilan yaxshi tanish bo‘lgan Xiaomi kompaniyasi aslida juda ko‘plab turlarda mahsulotlar ishlab chiqaradi. Kechagina u o‘zining Mi Band 4 fitnes-bilaguzugini rasman namoyish etdi.

O‘QING: Xiaomi nuqsonli chiqqan o‘n mingdan oshiq gadjetini qaytarib olyapti

Shu bilan birga, «Xitoycha Apple» taqdim etgan yana bir «aqlli» devays – simsiz kuzatuv kamerasi ham e’tiborga loyiq. Uning asosiy afzalliklari – yuqori darajada avtonomligi, IP65 standartiga ko‘ra chang va namdan himoyalanganligi hamda arzonligidir – kamerani 58 dollarga olish mumkin.

Xiaomi bu kamerani 5100 mA/soatlik litiyli akkumulyator bilan ta’minlagan; shuning evaziga gadjet bitta quvvat bilan 100 kungacha ishlay oladi. Korpusi chang va suvdan muhofaza etilganligi evaziga uni ko‘chada bemalol qo‘llash mumkin – u shamoldan ham, quyoshdan ham «qo‘rqmaydi».

O‘QING: Vahimachilar uchun maxsus: yashirin kameralarni aniqlovchi «anti-josus» gadjet yaratildi! (+video)

Mazkur kamera yana «sun’iy ong»ga ega bo‘lib, kadrga tushgan insonni payqash qobiliyatiga ega. Agarda uning nazorat hududiga kimdir kirsa, darrov payqaydi – 10 metrgacha uzoqlikdagi inson tanasidan chiqayotgan infraqizil nurlanishini qayd eta oladi. Bu haqda o‘sha zahotiyoq egasining smartfoniga tegishli bildirishnomani yuboradi. Turli shakllarning konturlarini tahlil eta olishi bois u nazorat hududiga hasharotlar, uy hayvonlari kirib qolganida ularni chalkashtirib yubormaydi.

Xiaomi «aqlli» kamerasi oladigan kadrning tasvir aniqligi 1920x1080 piksellik, ob’yektivi esa F/2,6 diafragmalidir. Videoni u microSD formatli xotira kartasiga yozib oladi, shuningdek, 7 kungacha olgan videoyozuvlarni «bulutli» saqlagichda saqlaydi.

O‘QING: Yashirin kamera o‘rnatilgan: ijara kvartiralarida yoki mehmonxonalarda yashirin kamerani qanday topsa bo‘ladi?

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!