Xiaomi Black Shark 4 va Black Shark 4 Pro smartfonlari taqdim etildi

Xiaomi Black Shark 4 va Black Shark 4 Pro smartfonlari taqdim etildi

Xiaomi'ning geymerlar uchun yaratilgan Black Shark brendi kecha Black Shark 4 va Black Shark 4 Pro smartfonlarini taqdim etdi.

O‘QING: Taqvimingizga belgilab qo‘ying: 29 mart kuni Xiaomi taqdimot o‘tkazyapti!

Qurilmalar bir-biriga juda o‘xshash bo‘lsa-da, kamera moduli va chipida farqlar bor. Ikkila smartfonni ham juda chiroyli o‘yinbop qurilma deb atash mumkin.

Black Shark 4 va Black Shark 4 Pro smartfonlariga 6.67 dyuymlik Samsung'ning E4 AMOLED displeyi o‘rnatilgan va ushbu displey 144Hz yangilanish chastotasi hamda 720Hz sensor sezgirligi darajasiga ega. Ashaddiy geymerlarga qulaylik yaratish maqsadida Black Shark  maxsus “e-sports qo‘lqoplar“ini taqdim qiladi.

Black Shark 4 Snapdragon 870 chipi bilan jihozlangan bo‘lsa, Pro modeli eng so‘nggi Snapdragon 888 chipi bilan jihozlangan. Black Shark 4 Pro'ning ichiga suyuqlik yordamida sovitish tizimi o‘rnatilgan. Kompaniyaning aytishicha, ushbu tizim CPU haroratini 18°C darajagacha sovutib beradi.

Shuningdek, sovitish tizimi qurilma quvvatlanayotgan vaqt,uning qizib ketishini ham olidini oladi. Ikkala devays ham 120 vatt tezkor quvvatlanish imkoniyatiga ega. Akkumulyator sig‘imi esa 4,500 mAs ni tashkil qiladi. Qurilmalar 100% zaryad olishi uchun bor yo‘g‘i 14 daqiqa 50 soniya vaqt sarflaydi.

Black Shark 4 va Black Shark 4 Pro o‘rtasida yana bir farq mavjud. Pro modelida RAMDISK funksiyasi bo‘lib, ushbu funksiya tezkor xotiradan disk xotira sifatida foydalanib, ma’lum bir ilovaning ishlash unumdorligini oshiradi.

Black Shark 4 Pro 3 ta kameraga ega bo‘lib, ular 64MP asosiy kamera, 8MP ultrakeng, 5MP makro kameralarni tashkil qiladi. Black Shark  4 smartfoniga esa 48MP asosiy kamera, 8MP ultrakeng, 5MP makro kameralari o‘rnatilgan. Ikkala devaysning selfi kamerasi 20MPni tashkil qiladi.

Ushbu smartfonlarda bosimga sezgir yon tomon sensori bo‘lib, u o‘yin vaqtida geymerlarga turli amallarni bajarishga imkon beradi. Shuningdek, smartfonning o‘ng tomon romida rejimni o‘zgartirish tugmalari va barmoq izi skaneri bilan birlashtirilgan quvvat tugmasi mavjud. Chap tomon romida ovoz balandligi nazorati tugmasi joylashgan.

Smartfonlar foydalanuvchi interfeysi JOYUI 12.5 bo‘lib, ushbu interfeys Android 11 asosiga qurilgan. Tizim barcha resurslarni o‘yin o‘ynash uchun sarflab, chalg‘ituvchi bildirishnomlarni bloklaydi.

Black Shark 4 uch xil rang va to‘rt xil xotira konfiguratsiyasida sotuvga chiqadi. Smartfon Magic Black, qora va kumush ranglarda ishlab chiqariladi. Qurilmaning 6/128GB versiyasi 383 dollar, 8/128GB - 415 dollar, 12/128GB - 460 dollar va 12/256GB - 505 dollarni tashkil qiladi.

Black Shark  4 Pro 8/256GB versiyasi 615 dollar, 12/256GB - 690 dollar,  16/512GB - 815 dolarni tashkil qiladi. Black Shark'ning onlayn do‘konidan ushbu ikki smartfonga oldindan buyurtma berish mumkin.

O‘QING: Xiaomi’ning ilk buklamafoni – Mi Mix 4 «jonli» suratlarda!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!