Xiaomi Black Shark 4'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Xiaomi Black Shark 4'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Arzon narx sabab o‘yin o‘ynash amaliyoti yomon bo‘lishi kerak emas. Xiaomi o‘zining ikkinchi eng yaxshi o‘yinbop smartfoni Black Shark 4 bilan aynan shu shiorga amal qilmoqda.

O‘QING: Xiaomi Poco F3'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Qurilmaning Pro versiyasi ham mavjud bo‘lib, ikkala smartfonning texnik jihatlari deyarli bir xil. Biroq Black Shark 4'ga nisbatan quyiroq toifa Snapdragon 870 chipi qo‘yilgan va Pro'dagi 64MP kamera o‘ringa 48MP kamera o‘rnatilgan. Bular anchayin sezilarli kamchilikdek tuyulishi mumkin, biroq smartfonning 500 yevro qiymatidagi raqobatdosh narxi sizni qurilmaga befarq qoldirmasligi aniq.

Smartfonga 144Hz OLED panel qo‘yilgan bo‘lib, o‘yin o‘ynash amaliyotingiz yanada zavqli bo‘lishi uchun Black Shark 4 aynan o‘yinlar uchun mo‘ljallangan xususiyatlar, jumladan, moddiy triggerlar bilan jihozlangan. To‘g‘ri, Asus va nubia smartfonlarida ham bunday triggerlar bor, lekin Xiaomi'dagilari moddiy tugma bo‘lib, ularni rostakamiga bosish va his qilish mumkin. O‘yin o‘ynayotganingizda hech nima bu narsaning o‘rnini bosolmaydi.

Xiaomi Black Shark 4'ning texnik jihatlari:

> Displey: 6.67" Super AMOLED, 144Hz, HDR10+, 1300 nit (maks.), 1080x2400p rezolyutsiya, 20:9 forma faktori, 395ppi zichlik; Always-on Display.

> Chipset: Qualcomm SM8250-AC Snapdragon 870 5G (7 nm): sakkiz yadroli (1x3.2 GHz Kryo 585 & 3x2.42 GHz Kryo 585 & 4x1.80 GHz Kryo 585); Adreno 650

> Xotira: 128GB 6GB RAM, 128GB 8GB RAM, 128GB 12GB RAM, 256GB 12GB RAM; UFS 3.1.

> Orqa kamera: •Keng (asosiy): 48 MP, f/1.8, 1/2.0", 0.8µm, PDAF; •Ultrakeng: 8 MP, f/2.2, 120˚, 1/4.0", 1.12µm; •Makro: 5 MP, f/2.4, AF.

> Old kamera: 20 MP, f/2.0, (keng), 0.8µm.

> Video yozuv: •Orqa kamera: [email protected]/60 kadr/sek., [email protected]/60/240 kadr/sek., [email protected] kadr/sek.; •Old kamera: [email protected] kadr/sek.

> Boshqa: barmoq izi skaneri (yon tomonda); NFC; 3.5 mm audio jek; qalqib chiquvchi moddiy trigger tugmalari.

Devays kuchli dinamiklar va sifatli sovutish tizimi bilan ham jihozlangan. Vaholanki, kameraning texnik jihatlarini maqtab bo‘lmaydi.

Eng achinarli tomoni smartfon akkumulyator sig‘imidir. O‘yinbop qurilma uchun 4,500 mAs akkumulyator kichiklik qiladi. Biroq 120 vatt tezkor quvvatlanish imkoniyati bilan akkumulyator hajmi kichikligini qaysidir ma’noda kompensatsiya qilish mumkin. Xiaomi'ning ta’kidlashicha, smartfon atigi 17 daqiqada to‘liq quvvat oladi.

Qadoq tarkibi

Foto: GSMArena

Black Shark 4 qadog‘i ichidan 120 vattlik quvvatlagich, USB-A ga USB-C kabeli hamda bonus sifatida plastikdan ishlangan qattiq, yarim shaffof g‘ilof o‘rin olgan.

O‘QING: Xiaomi Redmi Note 10 5G'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.