Xiaomi Book S 12.4 plansheti taqdim etildi

Xiaomi Book S 12.4 plansheti taqdim etildi

Bundan bir necha yil oldin Xiaomi kompaniyasi Windows operatsion tizimida ishlovchi planshetni taqdim etgan edi. Kecha xitoylik texnogigant o‘zining ikkinchi Windows tizimida ishlaydigan noutbukka aylana oluvchi planshetini taqdim etdi. 

Ushbu 12.4 dyuymli planshetga tanlov sifatida klaviatura o‘rnatish mumkin va bu bilan planshet o‘ta ingichka noutbukka aylana oladi. Qurilma 7 nanometrli Snapdragon 8cx Gen 2 chipi bilan jihozlangan bo‘lib, u o‘ninchi avlod 15W Intel Core i5 protsessoridan yaxshiroq ishlaydi. 

Ushbu planshet Windows 11 tizimida ishlaydi, u x86-64 emulyasiyasini o‘z ichiga oladi, shuning uchun ARM'ga xos bo‘lmagan kompyuter dasturlarini ishga tushirish mumkin (Windows 10 faqat 32-bit x86 emulyasiyasini amalga oshirishi mumkin).

12.4 dyuymli LCD displeyining rezolyutsiyasi 2,560 x 1,600 piksel bo‘lib, u 60 gerts chastotada ishlaydi. Displey DCI-P3 rang aniqligini qo‘llab-quvvatlaydi va uning maksimal yorqinlik darajasi 500 nitni tashkil qiladi. Planshet korpusi alyuminiy-magniy qotishmasidan tayyorlangan, korpus qalinligi 8.95 mm va og‘irligi 720 gramm. Old panel Gorilla Glass 3 bilan himoyalangan.

Tashqi portlar haqida gap ketganda qurilmada tashqi 4K displey bilan bog‘lanish va quvvatlash uchun USB-C porti, 3.5 mm audio jek va microSD uyasi mavjud. Gadjet 8GB LPDDR4X tezkor va 256GB doimiy xotira bilan jihozlangan. 

Simsiz bog‘lashlar uchun Wi-Fi 5 va Bluetooth 5.1 mavjud. Afsuski, uyali aloqa uchun qurilmaga SIM-karta qo‘yishning imkoni yo‘q. Katta ehtimol bilan global versiyada ushbu imkoniyat bo‘lmaydi. Shuning uchun doimiy Wi-Fi tarmog‘inmdan foydalanib yurish zarur. 

Planshet Qualcomm'ning Aqstic aks-sadosini bekor qilish va shovqinni kamaytirish texnologiyasidan foydalanadigan ikkita mikrofon va stereo karnay bilan jihozlangan. 

Akkumulyator hajmi haqida ma’lumot berilgan bo‘lsa-da, planshet 65 vattda quvvat olishi ma’lum. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, to‘liq quvvat bilan planshet 13.4 soat ishlab bera oladi. 

Xiaomi Book S 12.4 plansheti 700 yevro narxda sotuvga chiqadi. Qurilmaga oldindan buyurtma berish 30 iyundan boshlanadi va birinchi 48 soat ichida uning narxi 600 dollarga tushiriladi. Bundan tashqari, o‘sha vaqt ichida planshetni sotib olgan xaridorlarga quvvatlagich bepul beriladi. 

Planshetga klaviatura ulab, undan noutbuk sifatida foydalanish mumkin. Bu to‘liq o‘lchamli klaviatura bo‘lib, unda sensorli panel ham bor. Tashqi tomoni teridan bilan qoplangan va unda planshetni tik turishini ta’minlovchi stend mavjud. Klaviatura planshetga pogo pinlari yordamida biriktiriladi hamda qurilmaga u 317 gramm og‘irlik qo‘shadi.

Ushbu klaviaturali g‘ilofning narxi 150 yevroni tashkil qiladi. Uni birinchi sotib olgan 250 ta xaridorga 50 yevrolik chegirma beriladi. Oddiy g‘ilofning narxi esa 40 yevroni tashkil etadi. 

Xiaomi Book uchun qo‘shimcha aksessuar sifatida Smart Pen'ni sotib olish mumkin. Displey stilusni 240 gerts namuna olish tezligida kuzatib boradi va 4096 bosim darajasini aniqlay oladi.

Stilus planshetdan quvvat oladi. To‘liq zaryadlash uchun atigi 18 daqiqa vaqt kerak bo‘ladi. Agar chindan ham shunchalik uzoq kuta olmasangiz, 1 daqiqalik quvvatlanish sizga 20 daqiqalik foydalanish imkonini beradi.

O‘QING: Xiaomi 12S va 12S Pro texnik xususiyatlari haqidagi ma’lumotlar tarqatildi 

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!