Xiaomi bu bozorda Huawei, Samsung va hatto Apple’ni ham ortda qoldirdi!

  •   DiMaX
  •  2113
  •  14.12.2019 09:38

Xiaomi bu bozorda Huawei, Samsung va hatto Apple’ni ham ortda qoldirdi!

AirPods quloqchinlarining ommalashib borayotgani sababli, taqiluvchi gadjetlar bozorida Apple ancha ilgarida. Biroq Canalys tahlil kompaniyasining yangi hisoboti Xiaomi’ning bir jihatdan ustunligini ko‘rsatmoqda.

O‘QING: Xiaomi kutilmaganda yana bitta potensial bestseller tayyorlabdi!

Aytish kerakki, yangi hisobot faqat «aqlli» soatlar va fitnes-trekerlar bozorining tahlili natijalarini aks ettirgan. Unga ko‘ra, joriy yilning uchinchi choragida Xiaomi jahon bo‘ylab 12,2 millionta shunday qurilmalarini sotib, birinchilikni egallagan. Bilakdagi devayslar bozorining 27 foizini band etgan «Xitoycha Apple» bu gadjetlarini sotish bo‘yicha bir yilda 74,4 foizlik o‘sish qayd etganini ham ta’kidlash o‘rinli.

Apple esa smart-soatlar va fitnes-bilaguzuklar bozorining 15 foizini va ikkinchi o‘rinni egallagan. Uning mazkur yo‘nalishda sotgan barqa gadjetlarining naq 60 foizi eng yangi Apple Watch Series 5 hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Bilakka taqiluvchi devayslar bozorida kuchli uchlikni Huawei yakunlab bergan. Xitoylik texnogigant 5,9 millionta shunday qurilmasini sotib, bozorning 13 foizini band qilgan. Bir yilda uning bu sohdagi savdosi naq 243 foizga o‘sgani hayratga loyiq!

Ushbu tur qurilmalar bozorida to‘rtinchi va beshinchi o‘rinlarni tegishlicha Fitbit (8%) va Samsung (6%) egallashgan.

O‘QING: Mi Band 3’dan ham arzon yangi Mi Band taqdim etildi!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!