Xiaomi bu smartfoni narxini yarmidan ham pasaytirdi! (+video)

  •   DiMaX
  •  5223
  •  23.01.2020 09:54

Xiaomi bu smartfoni narxini yarmidan ham pasaytirdi! (+video)

«Xitoycha Apple» o‘zining Xiaomi Mi Mix 2S smartfonini 2018 yili taqdim etgan bo‘lib, saytimizda uning to‘liq tavsifi ham berilgan. Kompaniya uni keramik korpusda chiqargan bo‘lib, u simsiz quvvatlana oluvchi ilk shunday model bo‘lgan.

O‘QING: Mi Mix 2S: Xiaomi muhim texnologiyada Apple'ga yetib oldi

Oldiniga keramik korpusli Mi Mix 2S qimmat smartfonlardan biri bo‘lsa-da, Xiaomi muntazam tarzda uning narxini pasaytirib kelayotir. Jumladan, Xitoyda hozir tezkor/ichki xotirasi 6/128 gigabaytlik varianti atigi 231 dollardan taklif etilyapti. Taqqoslash uchun aytish kerakki, ayni shunaqasi o‘z vatanida dastlab 520 dollardan sotilgan.

Xiaomi Mi Mix 2S diagonaliga 5,99 dyuymlik ekran, 12 megapiksellik qo‘shaloq bosh kamera bilan ta’minlangan bo‘lib, «xitoycha iPhone X» deya tavsiflangan. Unga o‘z davrining eng kuchli protsessori – Snapdragon 845, tok sig‘imi 3400 mA/soatlik akkumulyator hamda NFC chipi ham o‘rnatilgan.

O‘QING: Redmi eng ommabop smartfonini yanada arzonlashtirdi!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!