Xiaomi bu yil qancha smartfon sotganini ma’lum qildi

Xiaomi bu yil qancha smartfon sotganini ma’lum qildi

Xiaomi kompaniyasi joriy moliyaviy yilning birinchi yarim yilligi bo‘yicha hisobotini e’lon qildi. Natijlar qoniqarli. Kompaniya tushumi ushbu davr oralig‘ida 13,56 mlrd AQSH dollariga teng bo‘ldi. Bu esa o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 20% lik o‘sish demakdir. Bundan sof daromad 810,36 million dollarni tashkil etmoqda (yillik 49,8 foizlik o‘sish).

Telefonlar eksportiga nazar tashlasak, global bozorda o‘sish bo‘lmayotganiga qaramay, Xiaomi joriy davr ichida 60 million dona smartfonni tashqi bozorda sotganligini ko‘rishimiz mumkin.

Smartfonlar biznesidan tashqari, kompaniyaning televizorlar ishlab chiqarishga qaratilgan faoliyati ham o‘zini oqladi. 2019-yil birinchi yarim yillik davrida, Xiaomi ichki bozordagi 5,4 million dona oynayi jahonlar savdosi bilan Xitoydagi birinchi raqamli, butun dunyodagi esa beshinchi raqamli televizor ishlab chiqaruvchisi bo‘ldi.

Kompaniya Bosh ijrochi direktori Lei Jun ushbu ko‘rsatkichlardan mamnun ekanligini ta’kidlab, Xiaomi o‘zining 5G va Internet narsalar (IoT) texnologiyalarini kengaytirishda davom etishi hamda ilmiy-tadqiqot ishlariga yanada ko‘proq mablag‘ yo‘naltirishini ma’lum qildi. Sarmoyalar haqida gapirar ekanmiz, aytish kerakki, kompaniyaning ilmiy-tadqiqot ishlariga qilgan xarajati 2019-yilning joriy davrigacha 467,44 million dollarni tashkil qildi. Taqqoslash uchun, bu o‘tgan yildagiga qaraganda 30% ko‘p xarajatdir.

Kompaniyadagilar, shuningdek, Xiaomi'ning IoT yechimlari ayni damda global miqyosda 196 million dona qurilamada ishlayotgani bilan ham maqtanmoqda. Internet xizmatlaridan tushgan daromad o‘tgan yilning birinchi yarim yilligiga qaraganda 108% ga oshib, hozirda 1,25 millard dollarni tashkil etmoqda.

O‘QING: Ommalashgan Xiaomi haqida ommalashmagan ma’lumotlar

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!