Xiaomi bulturgi ikkita smartfoniga barqaror MIUI 12 proshivkasini tarqatyapti

  •   DiMaX
  •  2582
  •  24.07.2020 11:48

Xiaomi bulturgi ikkita smartfoniga barqaror MIUI 12 proshivkasini tarqatyapti

«Xitoycha Apple» yaqinda MIUI 12 proshivkalari iyul-avgust oylarida keladigan Xiaomi, Redmi va Poco smartfonlari ro‘yxatlarini chiqargandi. Shu kunlarda kompaniya bitta modeliga xitoycha, yana biriga esa global proshivkani tarqata boshladi.

O‘QING: 16 xil Xiaomi smartfonlari muntazam MIUI 12 yangilanishlaridan mahrum etilyapti!

Bulardan birinchisi – o‘tgan yilgi flagmanlarning arzonlashtirilgan versiyasi, ya’ni Xiaomi Mi 9 SE smartfonidir. Xitoy bozoriga chiqarilgan mazkur modeldagi smartfonlarga V12.0.1.0.QFBCNXM raqamli apdeyt «havo orqali» tarqatila boshlagan, global versiyadagi proshivka esa hali keyinroq chiqadi.

Barqaror MIUI 12 proshivkasi Xiaomi Mi 9 SE smartfonlariga interfeysning yangicha dizayni, yangilangan animatsiya, kengaytirilgan maxfiylik sozlamalari, Dark Mode 2.0 tungi rejimi, Super Wallpaper funksiyasi, oynalar bilan ishlashning yangi rejimlari va boshqa imkoniyatlar taqdim etilgan.

O‘QING: Faqat mana shu smartfonlargina MIUI 12’ning turli yangi imkoniyatlariga ega bo‘lar ekan!

Yana bir xushxabar esa o‘tgan yili taqdim etilgan global versiyadagi Redmi Note 8 Pro smartfonlari egalariga atalgan. Xiaomi ular uchun global MIUI 12 grafik qobig‘i asosidagi barqaror proshivkani ulasha boshladi. Ushbu yangilanish 12.0.0.4 QGGMIXM raqamiga ega bo‘lib, «havo orqali» yetib keladi.

Xiaomi’ning ta’kidlashicha, barqaror proshivka birinchi navbatda MIUI 12 Global Stable Beta dasturi ishtirokchilariga yetib borgan, endi barcha Redmi Note 8 Pro’larga tarqatilyapti.

Xiaomi, Redmi va Poco smartfonlarining global proshivka, global versiya va xitoycha versiyalari, ularning o‘zaro farqi haqida mana bu maqolamizdan batafsil ma’lumot olishingiz mumkin.

O‘QING: Kutilmaganda benchmarkda Redmi Note 10 qo‘lga tushdi!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!