Xiaomi butun dunyo bo‘ylab 240 milliondan ortiq Redmi Note smartfonlarini sotdi

Xiaomi butun dunyo bo‘ylab 240 milliondan ortiq Redmi Note smartfonlarini sotdi

Redmi Note 11 seriyasiga bag‘ishlangan kechagi tadbirda Redmi brendining bosh menejeri Lu Veybing Redmi Note seriyasi butun dunyo bo‘ylab 240 million donadan ortiq sotilganini ma’lum qildi. May oyida bu raqam 200 millionni tashkil etgan edi. Mana oktyabr oyi oxiriga kelib ushbu raqam 240 millionga yetdi. 

O‘QING: 12/256GB xotiraga ega bo‘lgan ommabop Redmi smartfonining narxi rekord darajada pastladi 

Sotilgan smartfonlar moqdori o‘tgan yilning noyabrida 140 million, 2019 yilning oktyabrida esa 100 million donani tashkil qilgan edi. Shunday qilib, kompaniya so‘nggi 5 oy ichida Note seriyasidagi smartfonlardan 40 million dona sotishga muvaffaq bo‘ldi. Bu oyiga o‘rtacha 8 million donaga to‘g‘ri keladi. Endi kompaniya yiliga ikkita yangi avlod Note seriyasini chiqarishni rejalashtiryapti. 

Xiaomi o‘z qurilmalarining savdosini dunyo bo‘ylab kengaytirib bormoqda. Kelasi oyda kompaniyaning umumiy do‘konlarining soni 10 mingtaga yetadi. Bu haqida Lu Veybing aytib o‘tdi. 

O‘QING: Redmi Note 11 xalqaro bozorga boshqa nom ostida sotuvga chiqadi 

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!