Xiaomi Card: bekorga kompaniyani «Xitoycha Apple» deyishmaydi!

Xiaomi Card: bekorga kompaniyani «Xitoycha Apple» deyishmaydi!

Xiaomi Apple’ga bank mahsulotlari ishlab chiqish bo‘yicha raqobat yaratishga qaror qilgan ko‘rinadi. Kompaniya o‘zining kredit kartasini namoyish etdi.

Mart oyida Apple o‘zining shaxsiy kredit kartasini taqdim etgandi. Oradan ko‘p vaqt o‘tmadi va tarmoqda Xiaomi’ga tegishli kartaning tizeri paydo bo‘ldi. Gap-so‘zlarga qaraganda, karta virtual ko‘rinishda bo‘ladi va Mi Card nomini oladi.

Shuningdek, kartaning dunyo bo‘yicha ishlashi va foydalanuvchilarga keshbek taqdim etuvchi sodiqlik dasturiga ega bo‘lishi kutilmoqda. Ayni damda, rasmda yetarli ma’lumotlar aks etmagan, shuning uchun kompaniyaning to‘liq rasmiy namoyishini kutishga to‘g‘ri keladi.

O‘QING: Jiddiy jinoyat: Plastik kartangizdagi pulni bankdagilar ham o‘g‘irlashi mumkin!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.