Xiaomi chemodan xaridida Mi 10 Pro, konditsioner, kir yuvish mashinasi va boshqa gadjetlar qo‘shib beryapti!

  •   DiMaX
  •  1250
  •  29.05.2020 16:11

Xiaomi chemodan xaridida Mi 10 Pro, konditsioner, kir yuvish mashinasi va boshqa gadjetlar qo‘shib beryapti!

«Xitoycha Apple» o‘z yurtida navbatdagi marketing kampaniyasini boshladi. Har yili o‘tkaziladigan «618-chegirma» nomli aksiya doirasida ko‘p mahsulotlar o‘zining minimal narxida sotiladi.

O‘QING: Xiaomi va Redmi smartfonlarini 31 maygacha yanada arzon olishingiz mumkin!

Xiaomi e’lon qilishicha, kompaniyaning istalgan bir modeldagi chemodanini xarid qilganlar uning ichidagi syurpriz – kompaniyaning kutilmagan yana bitta devaysini ham hadya sifatida oladilar. Bu esa flagman – Xiaomi Mi 10 Pro smartfoni, Mijia dazmoli, ekrnli aqlli kolonka, fen, termos yoki boshqa biror gadjet bo‘lishi mumkin. Shuningdek, o‘lchami chemodanning o‘zidan katta syurprizlar ham qo‘yilgan – ular orasida konditsioner va kir yuvish mashinasigacha bor; ularni xaridorning yashash manziliga Xiaomi’ning o‘zi yetkazib beradi.

Ushbu aksiya 1 iyundan 20 iyungacha Tmall do‘konlarida, Xiaomi’ning oddiy do‘konlari hamda Xiaomi Mall internet-magazinida amal qiladi. Aytish kerakki, ayni damda kompaniya Xitoyda o‘ndan ortiq turdagi chemodanlarni sotuvga chiqargan, ularning narxi esa 28 dollardan 140 dollargacha boradi. Masalan, Xiaomi 90 Points Smart Suitcase modeli qulfi egasining barmoq izini skanerlash orqali ochiladi.

O‘QING: Taqdimotlar to‘lqini: Xiaomi birdaniga naq 20 ta mahsulot namoyish etdi!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!