Xiaomi Civi 2'ning yangi tizerlari uning batareya va zaryadlanish xususiyatlarini oshkor qildi

Xiaomi Civi 2'ning yangi tizerlari uning batareya va zaryadlanish xususiyatlarini oshkor qildi

Civi 2 taqdimot sanasini rasman ma'lum qilganidan keyin, Xiaomi o'zining eng chiroyli smartfoni texnik xususiyatlari bilan odamlar e'tiborini o'ziga tortishni boshladi. Kompaniya Weibo ijtimoiy tarmog'ida bir nechta yangi tizer suratlarni ulashdi.

Avval ma'lum bo'lganidek, Civi 2 yaqinda chiqarilgan iPhone 14 Pro smartfonlarinikidek old ekranida uzunchoq tirqishga va uning ichida ikkita 32 megapikselli selfi kameralariga ega. Orqasidagi asosiy kamerasi esa Mi 12'da bo'lgani kabi 50 megapikselli va f/1.8 diafragmanli Sony'ning IMX766 sensori bilan ta'minlangan.

Qo'shimchasiga kompaniya yangi tizer suratlar bilan smartfonning batareya va quvvatlash xususiyatlarini ham oshkor qildi: qurilmaning 7.23 millimetrli nozik va ingichka tanasi ichiga 4,500 mA/s sig'imli batareya o'rnatilgan bo'lib, u 67 Vt tezlikda, 40 daqiqa ichida 100% zaryadlana oladi. Shuningdek, kapot ostida rasman Snapdragon 7 Gen 1 chipseti borligi ham ma'lum bo'ldi.

Xiaomi Civi 2 smartfonini kelayotgan 27-sentabr kuni taqdim qilishi kutilmoqda.

O'QING: Nothing o‘zining navbatdagi yangi mahsuloti tizer suratlarini ulashdi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!