Xiaomi Civi 3 qachon chiqarilishini rasman e'lon qildi

Xiaomi Civi 3 qachon chiqarilishini rasman e'lon qildi

Bir necha yil avval Xiaomi o'z smartfonlari orasida tashqi ko'rinishiga ko'proq urg'u beriladigan Civi modelini taqdim qilgan edi. Bu yilga kelib esa kompaniya uning uchinchi avlodini namoyish qilishga tayyorlanmoqda – taqdimot sanasi yaqinlashar ekan Xiaomi Civi 3 rasmiy suratlarda ko'rsatildi.

Kompaniya o'zining Weibo ijtimoiy tarmog'idagi rasmiy sahifasida ulashgan fotolar bizga bo'lajak Xiaomi Civi 3 smartfonining asosiy dizayni bilan tanishish imkonini beradi mumkin: smartfondan alohida bo'rtib chiqib turadigan yumaloq kamera oroli uchlik sensorlarni o'z ichiga oladi va uning ostida LED chirog'i joylashgan.

Smartfon ranglarini tanlashda Xiaomi'ga trendlarni prognoz qiladigan va dizayn, modaga aloqador WGSN kompaniyasi yordam bergan yoxud ular hamkorlikda ishlashmoqda. Smartfon uchta ikki xil rangli variantlarda taklif qilinadi. Bular Rose Purple (och binafsharang), Adventure Gold (tillarang) va Mint Green (och yashil) rangli versiyalar bo'lsa, to'rtinchi variant to'liq kulrangda (Coconut Gray) bo'ladi.

Afsuski, kompaniya smartfonning texnik xususiyatlarini ochiqlaganicha yo'q. Bu boradagi rasmiy ma'lumotlar uning chipseti Dimensity 8200 Ultra va asosiy kamerasi 50 MP OIS sensori bo'lishidir.

Xiaomi Civi 3 smartfoni rasman 25-may kuni taqdim qilinishi kutilmoqda.