Xiaomi davom etadi: endigi navbat Redmi Note 12 Turbo'ga

Xiaomi davom etadi: endigi navbat Redmi Note 12 Turbo'ga

Weibo platformasidagi yangiliklarga qaraganda, Redmi Note 12 seriyasiga yana bir yangi model qo‘shiladi. Ushbu model Redmi Note 12 Turbo nomi bilan atalishi, u avval Xitoy bozoriga keyin esa xalqaro bozorga Poco nomi ostida sotuvga chiqishi kutilmoqda. 

Yaqin orada taqdim etilishi kutilayotgan smartfon Redmi modellari orasida birinchi bo‘lib ekranosti barmoq izi skaneri bilan jihozlanishi mumkin. Qurilma, shuningdek, 120 gertsda ishlovchi FullHD+ rezolyutsiyadagi 6.67 dyuymli AMOLED displeyi hamda Snapdragon 7 Gen2 chipiga ega bo‘ladi. 

Orqa paneldan 50MP asosiy, 8MP ultrakeng hamda 2MP makro kamera o‘rin oladi. Qolgan Redmi Note 12 modellaridan farqli o‘laroq Turbo modelga 5,000 mAs emas, balki 5,500 mAs sig‘imli akkumulyator o‘rnatiladi. Uni 67 vatt tezlikda quvvatlash mumkin. 

O‘QING: Galaxy S23 Ultra'ning kamerasida yana bir yangilik! 

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!