Xiaomi dunyodagi eng antiqa smartfonni sota boshladi – atigi 69 dollardan! (+«jonli» video)

  •   DiMaX
  •  5584
  •  03.09.2019 14:54

Xiaomi dunyodagi eng antiqa smartfonni sota boshladi – atigi 69 dollardan! (+«jonli» video)

«Xitoycha Apple» o‘tgan yilning yozida o‘zining ilk tugmachali telefoni – Xiaomi Qin 1 hamda uning nisbatan ilg‘or varianti – Qin 1s modellarini taqdim etgandi. Bular – Wi-Fi moduli va zamonaviy USB Type-C porti bilan jihozlangan, yana «sun’iy ong» joriy etilgan ilk tugmachali telefonlar bo‘lsa, ularning avlodi sensor ekranli smartfon tarzida taqdim etilgan.

O‘QING: Xiaomi Qin 2 – atigi 73 dollarlik, eng nostandart smartfon namoyish qilindi!

Youpin kraudfanding maydonchasida Xiaomi Qin 2 modeli uchun 15 yarim mingdan oshiq Xiaomi ixlosmandlari pul to‘lashgan. Natijada 1 million dollardan oshiq mablag‘ to‘plandi va 31 avgustdan ushbu qurilma ilk buyurtmachilarga yetkazib berila boshladi.

Bu – o‘ta g‘alati, ya’ni eng cho‘zinchoq (tomonlari o‘zaro 22,5:9 nisbatli) ekranga, Unisoc SC9832E protsessoriga hamda 1/32 gigabaytlik tezkor/ichki xotiraga ega smartfondir. Uning bosh kamerasi 5 megapiksellik yakka modulni va fotochaqnoqni o‘z ichiga oladi. Smartfonda selfi-kamera ko‘zda tutilmagan – old panelni diagonaliga 5,05 dyuymlik, tasvir aniqligi 1440x576 bo‘lgan ekran egallagan.

O‘QING: Redmi Note 8 hamda Note 8 Pro taqdim etildi – kulgili narxlardagi yangi xitlar! (+video)

Xiaomi Qin 2 smartfoni 4G tarmoqlarini qo‘llab-quvvatlaydi, 2100 mA/soatlik batareyasi zamonaviy USB Type-C porti orqali quvvat oladi. Uning qolgan texnik xususiyatlari bilan mana bu xabarimizda batafsil tanishish mumkin.

Quyida esa bu smartfonni «jonli» videoda tomosha qilamiz:

Kompaniya Xiaomi Qin 2 modelini taqdimotda e’lon qilganidan ham arzonroq – 69 dollardan savdoga qo‘ydi. Xitoyda allaqachon uni qizil, pushti, ko‘k va qora rangli korpuslardagi variantlarda sotib olishyapti.

Kompaniya mazkur smartfonini taqdimotda e’lon qilganidan ham arzonroq – 69 dollardan savdoga qo‘ydi, uni qizil, pushti, ko‘k va qora rangli korpuslarda taklif etishyapti. Uning ilk «ajdod»i – Xiaomi Qin 1s telefonini esa Terashop.uz internet-do‘konimizdan atigi 670 000 so‘m evaziga hoziroq xarid qilish imkoni bor.

O‘QING: Xiaomi Mi 9S – dunyodagi eng arzon 5G-smartfon ham taqdimotga tayyor!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!