Xiaomi dunyodagi eng arzon – smartfon narxidagi elektroskuterni taqdim etdi

  •   DiMaX
  •  2816
  •  10.07.2020 17:43

Xiaomi dunyodagi eng arzon – smartfon narxidagi elektroskuterni taqdim etdi

Ko‘pchilikka asosan mobil qurilmalar va aksessuarlari bilan tanilgan Xiaomi korporatsiyasining mahsulotlar assortimenti aslida juda keng. Shulardan biri – Ninebot turkumidagi elektroskuterlardir.

O‘QING: Xiaomi'ning 9 ta antiqa gadjetini bilasizmi?

Mazkur turkumda shu kungacha Ninebot C40, C60 va C80 modellari chiqqan edi, Xiaomi endi Ninebot C30 elektrosamokatini ham namoyish etdi. Oldingilari tegishlicha 571, 714 va 857 dollarga narxlangan bo‘lsa, yangi elektroskuter uchun atigi 428 dollar evaziga oldindan buyurtma berish mumkin. Bu esa hozirgi flagman smartfonlardan ham arzon narx!

Ayni paytda Ninebot C30 modelining texnik xususiyatlarini Xiaomi hozircha oshkor etmayapti. Lekin uning tezligi hamda avtonomligi baribir narxiga yarasha – boshqalaridan pastroq bo‘lsa kerak.

Xiaomi‘ning barcha skuterlarini smartfonga ulab, u orqali dvigatelini bloklash, haydash rejimlarini almashtirish mumkin.

Avvalroq biz atigi 37 dollardan sotilayotgan, mototsiklga aylanuvchi dron-transformer haqida ham yozgandik. Shuningdek, «Kalashnikov» konserni yaratgan elektromototsikl ham sizni qiziqtirsa kerak.

O‘QING: Xakerlar butun dunyoda Honda zavodlarini to‘xtatib qo‘yishdi!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!