Xiaomi dunyodagi ilk shaffof televizorni yaratdi va u bir soniyadayoq sotilib ketdi! («jonli» video)

  •   DiMaX
  •  2518
  •  12.08.2020 16:45

Xiaomi dunyodagi ilk shaffof televizorni yaratdi va u bir soniyadayoq sotilib ketdi! («jonli» video)

O‘n yilligiga bag‘ishlangan tadbirda «Xitoycha Apple»ning Xiaomi Mi 10 Ultra (yoki Xiaomi Mi 10 Extreme Commemorative Edition) superflagmani taqdim etilgani haqida yozgandik. Bundan tashqari, shu marosimda arzonchi brendning eng zo‘r flagmani – Redmi K30 Extreme Commemorative Edition (yoki Redmi K30 Ultra) ham ommaga ko‘rsatilgan.

O‘QING: «Davring o‘tdi – tur, begim!»: DxOMark taxtidan Huawei P40 Pro’ni ag‘dargan yangi flagmanni qarshi oling! (+video)

Biroq tadbirning boshqa qahramonlari ham bor va shulardan biri – dunyoda birinchi shaffof televizordir. Xiaomi Mi TV Lux Transparent Edition rusumli mazkur gadjetni kompaniya yalpi ishlab chiqarish arafasida turibdi, deb yozadi UZZOOM nashri.

Xiaomi Mi TV Lux Transparent Edition diagonaliga 55 dyuymlik, qalinligi atigi 5,7 millimetr keladigan shaffof OLED-ekran bilan jihozlangan. Bundan tashqari, displey yuqori – 120 gerslik yangilanish chastotasiga ega. Qurilma Smart TV uchun yetakchi sanaladigan MediaTek 9650 protsessori bazasida qurilgan; unda Dolby Atmos texnologiyasini qo‘llash imkoniyati mavjud.

O‘QING: Android TV va ovozli boshqaruvga ega smart-televizor – atigi 129 dollar!

Ishlab chiqaruvchining bayonotiga ko‘ra, televizorning asosiy afzalligi – uning paneli mutlaqo shaffof. Taqdimot suratlarida ko‘rinishicha, hatto Mi TV LUX Transparent Edition ekranida tasvir namoyon bo‘lganda ham, tomoshabin uning ortida nima borligini ko‘rib turishi mumkin.

Quyida bu texnologik mo‘’jizani «jonli» videoda ko‘ramiz:

Xiaomi bu ilg‘or televizoriga 7198 dollarlik narx belgilagan va ommabop JD.com onlayn do‘konida sotuvga qo‘yilgan. Bugun – 12 avgust kuni uning birinchi partiyasi atigi bir soniyadayoq sotib tugatilgan! To‘g‘ri, bunda aynan nechta televizor sotilgani ma’lum qilinmayapti, lekin bir narsa aniq – unga talab katta!

O‘QING: «Davring o‘tdi – tur, begim!»: DxOMark taxtidan Huawei P40 Pro’ni ag‘dargan yangi flagmanni qarshi oling! (+video)

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!