Xiaomi endi 4G-smartfon chiqarmaydi – u allaqachon 6G bilan shug‘ullanyapti!

  •   DiMaX
  •  808
  •  27.05.2020 17:58

Xiaomi endi 4G-smartfon chiqarmaydi – u allaqachon 6G bilan shug‘ullanyapti!

Joriy yilning 26 may kuni Xiaomi korporatsiyasi Redmi 10X 5G smartfonini namoyish qilgan. Kutilmaganda uning yanada ilg‘or versiyasi – Redmi 10X Pro ham chiqqan, yana...

O‘QING: Super-arzon Redmi 10X 4G smartfonini qarshi oling!

Mazkur kompaniya 5G-smartfonlar yaratish va yangi avlod tarmog‘ini ommalashtirishga katta mblg‘lar ajratmoqda. Bundan tashqari, asoschisi va ayni damdagi bosh direktori Ley Szyun (Lei Jun) so‘nggi intervyusida rasman ma’lum qilishicha, Xiaomi allaqachon oltinchi avlod uyali aloqa tarmog‘i – 6G ustida ish boshlagan!

6G’ga o‘tish tafsilotlari ma’lum bo‘lmasa-da, Xiaomi bu borada Xitoy hukumati bilan hamkorlik qilmoqda. Shuningdek, kompaniya sun’iy yo‘ldosh orqali internet texnologiyasini ham takomillashtirmoqchi. Ley Szyun, shuningdek, koronavirus pandemiyasi tufayli qiyinchiliklarga duch kelishayotganini ham tilga olib o‘tgan.

Eslatib o‘tamiz, dastlab LG kompaniyasi 6G tarmog‘ini yaratishga kirishgan, keyinroq Huawei ham 6G tadqiqotlarini boshlab yuborgan.

O‘QING: Chetroq tur, 5G! Bu yoqda 6G tayyor bo‘lyapti...

Xiaomi hamda uning Redmi brendi keyingi oylarda bir nechta 5G-smartfon namoyish qilgan. Ley Szyunning so‘zlariga ko‘ra, kompaniya ushbu aloqa standartini qo‘llovchi qurilmalar ekotizimini takomillashtirishda davom etadi.

Bugina emas – Xiaomi shu yilning oxiriga borib, 4G-smartfon ishlab chiqarishni ham to‘xtatishi mumkin! Buning o‘rniga o‘z mahsulot va xizmatlarida 5G texnologiyasiga yanada ko‘proq e’tibor berish hamda 6G va sun’iy yo‘ldosh orqali internet texnologiyalari borasidagi tadqiqotlar – kompaniyaning asosiy maqsadlaridandir.

Ta’kidlash kerakki, Xiaomi avvalroq narxi 285 dollardan oshuvchi barcha 4G-smartfonlarini yo‘q qilishini aytgan. Lekin undan ham oldin Redmi’ning jiddiy raqibi bo‘lgan boshqa bir – rekordchi brend birinchi bo‘lib 4G-smartfonlardan voz kechishini e’lon qilgan.

O‘QING: Atigi 140 dollarlik birinchi 5G-smartfonni kim tayyorlayotganini bilasizmi?