Xiaomi endi Apple'ni ham ortda qoldirib, Samsung'ga raxna solmoqda

Xiaomi endi Apple'ni ham ortda qoldirib, Samsung'ga raxna solmoqda

Huawei fojiasidan Honor'dan boshqa deyarli barcha Xitoy smartfon brendlari manfaat ko‘rdi, ayniqsa, Xiaomi. Bugun e’lon qilingan statistika ham buni yana bir bor tasdiqlaydi.

O‘QING: Canalys: Ikkinchi chorakda global kompyuter bozori 13% ga o‘sdi. Qaysi kompaniyalar yetakchi bo‘ldi?

Canalys tahlil kompaniyasiga ko‘ra, 2021 yilning ikkinchi choragida Xiaomi butun dunyo bo‘yicha sotuvlar borasida ikkinchi eng yirik smartfonsozga aylandi. Quyidagi jadvalda ham ko‘rinib turganidek, Samsung hali ham sanoat yetakchisi bo‘lib, bozor ulushining 19% ini egallab turibdi. Xiaomi unga juda yaqin kelgan — 17%.

Xiaomi'ning yetkazib berish ko‘rsatkichi Lotin Amerikasida 300%, Afrikada 150% va G‘arbiy Yevropada 50% ga oshgan. Shunday bo‘lsa-da, Xiaomi premium smartfonlar sotib, ularning savdosini oshirishga urinayotgan bo‘lishiga qaramay, sotilgan har bir qurilma narxi Samsung'nikidan 40% ga, Apple'nikidan 75% ga arzonroq.

Canalys'ning ta’kidlashicha, Xiaomi'ning maqsadi Mi 11 Ultra singari premium qurilmalarni ko‘proq sotishga yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak, lekin Oppo va vivo'lar ham aynan shu maqsadni ko‘zlagani va bu kompaniyalar Xiaomi'dan farqli o‘laroq, an’anaviy marketingga ko‘proq mablag‘ sarflagani bois, bu obyketivga erishish Xiaomi'ga qiyinchilik tug‘dirishi mumkin.

Agar barqaror o‘sishda davom etda, Xiaomi katta ehtimol bilan Samsung'ni ham ortda qoldirib, birinchi raqamli smartfon sotuvchisiga aylanishi mumkin. Apple'ning bozor ulushi 14% ni, Oppo va vivo'niki esa 10% ni tashkil etmoqda, har ikki xitoylik kompaniya ham jadal sur’atlarda o‘sib bormoqda. Vaholanki, hech qaysi kompaniya ikkinchi chorakda Xiaomi'chalik 83% o‘sish ko‘rsatkichini qayd etmagan.

O‘QING: Android 12 allaqachon bir necha Xiaomi smartfonlarida sinovdan o‘tkazilmoqda

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!