Xiaomi: endi kir yuvish mashinasini smartfondan boshqarishingiz mumkin

Xiaomi: endi kir yuvish mashinasini smartfondan boshqarishingiz mumkin

Xitoyning jadal sur’atlar bilan rivojlanib borayotgan Xiaomi kompaniyasi MiniJ brendi bilan hamkorlikda “aqlli” kir yuvish mashinasini ishlab chiqaradi. Kir yuvish mashinasining taqdimoti 15 avgust kuni Xitoyda o‘tkazildi.

Qurilma juda ixcham (500 x 415 x 630 mm), bir necha kir yuvish va siqish rejimlari ega bo‘lib, 2.8 kilogrammgacha buyumni yuvish imkoniyatini beradi.

22TxXduEO024aLOFEaP0z1GjJpDO2wQCXRwqpKdXXvsLofz05T5bWcVSgVy4Xljl387fz1mSD

Distansion boshqaruv kir yuvish mashinasining asosiy xususiyati hisoblanadi. Smartfonga o‘rnatiladigan maxsus ilova yordamida nafaqat yuvish jarayonini kuzatib borishingiz, balki uni boshqarishingiz ham mumkin bo‘ladi.

Ushbu maishiy texnika vositasini Xitoy bozorida 225 AQSh dollariga xarid qilish mumkin.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!