Xiaomi eng arzon flagmanini «o‘q o‘tkazmas» korpusda sotuvga chiqardi (+video)

  •   DiMaX
  •  2673
  •  08.09.2018 12:39

Xiaomi eng arzon flagmanini «o‘q o‘tkazmas» korpusda sotuvga chiqardi (+video)

Qualcomm kompaniyasining flagman protsessori – Snapdragon 845 o‘rnatilgan eng arzon smartfon Pocophone F1 ekanidan xabaringiz bor. Xiaomi kompaniyasi ushbu devaysini o‘tgan oyning oxirida savdoga qo‘ygan.

O‘QING: Xiaomi Pocophone F1 flagmani Rossiyada chegirma bilan sotila boshladi (+video)

 Endi esa «xitoycha Apple» ushbu flagmanining yangicha modifikatsiyasini ham sotuvga chiqardi. Uning oddiy Pocophone F1’dan farqi – korpusining para-aramid tolasidan ishlanganligidir. Ushbu mustahkam material odatda o‘q o‘tkazmas jiletlarda qo‘llanadi.

O‘QING: Terashop.uz’da aksiya: Xiaomi smartfoni xaridida original Mi quloqchini sovg‘a! Narxlar bilan tanishing (2018 yil 7 sentyabr)

Pocophone F1 modeli qiymatiga ko‘ra o‘rta narxli smartfonlar toifasiga kirsa-da, eng yuqori texnik xususiyatlarga ega. Jumladan, unga  Qualcomm Snapdragon 845 chipi, 6,18 dyuymlik diagonalga va 2246×1080 piksellik tasvir aniqligiga ega ekran o‘rnatilgan.

«Zirhli» modifikatsiyadagi Pocophone F1 bo‘lsa 8 gigabaytlik tezkor va 256 gigabaytlik doimiy xotiraga ega. Uni faqat kompaniyaning rasmiy mi.com sayti orqali 419 dollar evaziga buyurtma bilan olish mumkin.

Xiaomi’ning boshqa ko‘plab rusumlardagi smartfonlari qatori, Pocophone F1 modeli O‘zbekiston bozorlariga ham kirib kelgan. Terashop.uz do‘konimizda esa uni bir yillik rasmiy kafolati bilan onlayn xarid qilish imkoni mavjud.

O‘QING: Xushxabar: Xiaomi Pocophone F1 yetib keldi, Terashop.uz’dan xarid qiling!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.