Xiaomi eng arzon noutbuki va Apple AirPods «kushanda»sini taqdim etdi

  •   DiMaX
  •  2581
  •  07.11.2018 09:20

Xiaomi eng arzon noutbuki va Apple AirPods «kushanda»sini taqdim etdi

«Xitoycha Apple» joriy yilning 6 noyabrida taqdimot marosimini o‘tkazayotgani haqida xabar bergandik. Kecha chindan ham kompaniya ikkita devaysini namoyish etdi.

O‘QING: Xiaomi Mi 9 haqida ilk ma’lumotlar chiqdi: Snapdragon 8150 chipi, 48 MPlik kamera va 10 GB «operativka»!

Ulardan birinchisi – sakkizinchi avlod qo‘sh yadroli Core i3 protsessorli Xiaomi Mi Notebook 15.6 rusumli laptopidir. Mazkur gadjet ushbu turkumdagi eng arzon model hisoblanadi – narxi taxminan 448 dollariga to‘g‘ri keladi. Shunga yarasha, uning texnik xususiyatlari ham standart Mi Notebook’dan pastroq.

Diagonali 15,6 dyuymlik, 1920x1080 pikselli ekranga ega Mi Notebook 15.6 korpusining qalinligi 19,9 millimetrga teng. Noutbukning tezkor xotirasi 4 gigabaytga teng, yana qo‘shimcha xotira o‘rnatish uchun joy ham bor. Doimiy xotira sifatida esa 128 gigabaytlik SSD-saqlagich mavjud, yana 32 gigabaytgacha hajmli microSD karta joylash mumkin.

Yangi Xiaomi Mi Notebook 15.6 ikkita ventilyator hamda issiqlik o‘tkazuvchi naychalarni o‘z ichiga oluvchi samarali sovitish tizimiga ega. Korpusida ikkita USB 2.0 va yana ikkita USB 3.0 hamda HDMI portlari mavjud. Shuningdek, 3,5 millimetrlik quloqchin tirqishi va bir gigabitgacha tezlikda ma’lumot almashuvchi Ethernet porti ham o‘rnatilgan.

Ushbu laptop 11 noyabr – «Bo‘ydoqlar kuni»da savdoga chiqariladi.

O‘QING: Yangi MacBook Air’ga Huawei javobi – MateBook 13 noutbuki namoyish qilindi

Xiaomi namoyish etgan ikkinchi gadjet esa mutlaqo yangi mahsulot – Mi AirDots Youth Edition nomli simsiz quloqchindir. Nomidanoq Apple AirPods garniturasini eslatuvchi ushbu devays Bluetooth 5.0 standartini qo‘llab-quvvatlaydi.

Ammo bu quloqchin dizayniga ko‘ra kupertinolikning mahsulotiga umuman o‘xshamaydi. Shunday bo‘lsa-da, Apple AirPods singari, Xiaomi gadjeti ham simsiz stereo ovoz yangratuvchi TWS (True Wireless Stereo) funksiyasini qo‘llab-quvvatlaydi.

Mi AirDots Youth Edition korpusi teginishlarni sezadi va shunga yarasha buyruqlarni bajaradi. Unga bitta tegish bilan musiqani to‘xtatish yoki kiruvchi qo‘ng‘iroqqa javob berish mumkin. Ketma-ket ikkita teginishda esa u ovozli yordamchini chaqiradi.

Quloqchinning har bir tomoni 4,2 gramm keladi, ular diametri 7,2 millimetrlik dinamiklar bilan ta’minlangan. AirDots jamlanmasida quvvatlovchi g‘ilofi ham mavjud, u 12 soatlik avtonom ishlay oladi. Quloqchinning o‘zi esa bitta to‘la quvvat bilan stereo rejimda 4 soat, mono rejimda bo‘lsa 5 soatgacha ishlaydi.

Xitoy onlayn-riteylerlari allaqachon Mi AirDots Youth Edition uchun oldindan buyurtma ola boshlashgan, narxi atigi 29 dollarni tashkil etadi. Buyurtmalar xaridorlarga 11 noyabrdan yetkazib beriladi.

Shu o‘rinda kuzatuvchilar yana bir taxmin bildirishmoqda: quloqchin nomidagi «Youth Edition» so‘zlariga qaraganda, bu – Xiaomi simsiz quloqchinining yoshlarbop, arzonroq talqinidir. Ya’ni, kompaniya hali uning standart, yanada boy funksionalga va yuqoriroq narxga ega to‘laqonli talqinini ham taqdim etsa kerak.

Bizning Terashop.uz internet-do‘konimizda esa narxi 132 000 so‘mdan boshlanuvchi ayrim quloqchinlarni xarid qilish imkoni bor.

O‘QING: Xiaomi smartfoningiz bormi? Unda tanlovda qatnashib, 10 000 dollar yutib oling!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!