Xiaomi eng baquvvat protsessorli eng arzon flagmanni endi Lite-versiyada chiqaryapti!

  •   DiMaX
  •  1595
  •  15.03.2019 09:24

Xiaomi eng baquvvat protsessorli eng arzon flagmanni endi Lite-versiyada chiqaryapti!

«Xitoycha Apple» o‘tgan yilning avgustida atigi 300 dollar atrofidagi narxga Pocophone F1 smartfonini namoyish qilgandi. Bu o‘sha paytdagi eng qudratli Android-protsessor – Qualcomm Snapdragon 845 bazasidagi eng arzon flagman edi.

O‘QING: Xiaomi eng arzon flagmanini «o‘q o‘tkazmas» korpusda sotuvga chiqardi (+video)

Endi esa kompaniya mazkur smartfonni yanada arzon versiyada taqdim etmoqchi. Uni allaqachon mashhur Geekbench servisida tekshirib ham ko‘rishdi – benchmarkda u Xiaomi Pocophone F1 Lite nomi bilan testdan o‘tgan.

Geekbench ma’lumotlariga ko‘ra, Xiaomi Pocophone F1 Lite modelining samaradorligiga yakka kristalli Qualcomm Snapdragon 660 protsessori hamda 4 gigabaytlik tezkor xotira mas’ul:

Guvohi bo‘layotganingizdek, Android 9 operatsion tizim talqini ostida ishlovchi Xiaomi Pocophone F1 Lite yakka yadroli sinovda 1341 ball, ko‘p yadroli testda esa 4830 ball olgan.

Kuzatuvchilar ushbu smartfonning shu bahorda chiqishini kutishmoqda, original Xiaomi Pocophone F1 modelini esa, xotira hajmiga qarab, 2 449 000 so‘mdan boshlangan narxlarda hoziroq Terashop.uz internet-do‘konimizdan onlayn sotib olish imkoni mavjud. Ayniqsa, shu kunlarda mazkur internet-do‘kondan xarid qilsangiz, «Bahor kayfiyati» aksiyasi doirasida yutuqqa ham ega bo‘lishingiz mumkin!

O‘QING: «Yong‘oqchaqar» Redmi Note 7 va eng arzon Redmi Go ham Terashop.uz’ga keldi! Xiaomi smartfonlarining narxlari (2019 yil 12 mart)

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!