Xiaomi eng yengil va yupqa – Mi 11 Lite hamda Mi 11 Lite 5G smartfonlarini namoyish qildi
«Xitoycha Apple» mega-taqdimotini o‘zining flagman smartfoni – Mi 11 Pro anonsi bilan boshlagan edi. Biroq tadbirning bosh qaramoni u emas, balki Xiaomi Mi 11 Ultra bo‘ldi – bu premium-flagman allaqachon DxOMark reytingida birinchi o‘ringa chiqib ulgurdi.
Kompaniya bulardan tashqari yana Mi 11 Lite hamda Mi 11 Lite 5G smartfonlarini ham taqdim qildi. Quyida avvalo ularning umumiy jihatlariga to‘xtalamiz, keyin esa har birining o‘ziga xos jihatlarini ko‘rib chiqamiz.
Nimalari bir xil?
Har ikkala smartfon diagonaliga 6,55 dyuymlik AMOLED DotDisplay ekrani bilan ta’minlangan va 10-bit TrueColor texnologiyasini qo‘llab-quvvatlaydi. Displeyda kadr yangilanish chastotasi 90 gerslik, sensor qatlamining chastotasi esa 240 gersga boradi.
Mi 11 Lite hamda uning 5G-versiyasida uch modulli bosh kamera ham bir xil: 64 megapiksellik asosiy sensor, 8 megapiksellik o‘ta keng burchakli kamera va 5 megapiksellik telemakrokamera. Smartfonlar Android 10 bazasidagi MIUI 12 grafik qobig‘i bilan ta’minlangan, akkumulyatorlari 4250 mA/soatlik bo‘lib, USB Type-C porti orqali 33 vattlik tezkor quvvat oladi.
Xiaomi Mi 11 Lite – jahondagi eng yengil smartfon
Xiaomi Mi 11 Lite modeli Qualcomm Snapdragon 732G chipi hamda 16 megapiksellik old kameraga ega. Uning korpusi Corning Gorilla Glass 5 himoya shishasi bilan qoplangan bo‘lib, o‘lchamlari 160.53x75.72x6.81 millimetrga, vazni esa atigi 157 grammga teng. Xiaomi vakillarining ta’kidlashlaricha, u dunyodagi eng yengil smartfonlardan biri bo‘lib, og‘irligi o‘rtacha kattalikdagi olmadek ham chiqmaydi.
Bu smartfonda Bluetooth 5.1, Wi-Fi 5, NFC modullari hamda korpus yoniga joylangan barmoq izi skaneri mavjud. Qurilma uch xil – Boba Black, Bubblegum Blue hamda Peach Pink rangli korpuslarda taklif etiladi.
Snapdragon 780G chipli ilk smartfon – Xiaomi Mi 11 Lite 5G!
Xiaomi Mi 11 Lite 5G modelining korpus o‘lchamlari va tashqi ko‘rinishi ham «ini»sidagi kabi, lekin vazni salgina oshiq – 159 gramm. Uning texnik jihatlari o‘zgacha: avvalo, Qualcomm kompaniyasining eng yangi – Snapdragon 780G protsessori ayni mana shu modelda debyut qilgan.
Old kamera aniqligi 4G-versiyali sheriginikidan kuchliroq – 20 megapiksellik, ekran ustiga ham baquvvatroq – Corning Gorilla Glass 6 toblangan shishasi yotqizilgan.
Mi 11 Lite 5G yanada yangi avlod simsiz interfeyslar – Bluetooth 5.2 va Wi-Fi 6 modullari, shuningdek NFC chipi hamda yon qirradagi daktiloskop bilan chiqarilgan. Uning xaridorlari Truffle Black, Mint Green hamda Citrus Yellow rangli korpuslar orasidan tanlashlari mumkin.
Narxi masalasiga kelsak...
Xiaomi o‘z yurtida bu smartfonlariga quyidagicha narx belgilagan:
- Mi 11 Lite 5G (6 GB + 128 GB) — 399 yevro
- Mi 11 Lite 5G (8 GB + 128 GB) — 429 yevro
- Mi 11 Lite (6 GB + 64 GB) — 279 yevro
- Mi 11 Lite (6 GB + 128 GB) — 329 yevro
Biroq ayni shu modellarning Yevropadagi narxlari birmuncha qimmat:
Kompaniya o‘zining mega-namoyishida boshqa gadjetlarni ham taqdim etgan, ular bilan keyingi xabarlarimizda tanishib borasiz.
O‘QING: Xiaomi 2020 yilda qancha foyda olganini ma’lum qildi